O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma`lum muddat oralig‘ida
foydalanganligi uchun to‘lanadigan narxdir. 
Kapitaldan foydalanishni tahlil qilganda bugun sarflangan mablag‘ni kelajakda 
sarflanadigan mablag‘ bilan taqqoslash yoki bugun olinadigan daromad bilan
kelajakda olinadigan daromadni taqqoslash muhim ahamiyatga egadir. Bu yerda vaqt 
omilini e`tiborga olish kerak bo‘ladi. Bugungi sarflangan bir so‘m bir yildan keyin 
sarflanadigan bir so‘mga teng emas. Bularni bir-biriga tenglashtirish uchun, avval 
ularni bir vaqtga keltirish zarur bo‘ladi. Turli xil yillardagi xarajatlarni yoki
daromadlarni bir yilga keltirishda diskont ko‘paytiruvchisidan foydalaniladi. 


229 
Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang‘ich vaqtga keltirish hisob-kitoblariga 
diskontirlash deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda 
keng qo‘llaniladi. Investitsiyalarni tahlil qilganda yillar davomida bo‘ladigan
xarajatlar bilan loyihadan olinidigan daromadlarni solishtirishga to‘g‘ri keladi.
Kelajakda olinadigan daromadning nafi bugungi kunda olinadigan daromad nafidan 
kichik bo‘ladi. Nima uchun deganda, joriy daromadga (ya’ni, bugungi kundagi
daromadga) kelajakda foiz bo‘yicha qo‘shimcha daromad olish mumkin.
Loyihalarni tahlil qilishda loyiha qiymatini aniqlash uchun bugungi kunda 
qo‘yilgan kapital mablag‘lar bilan loyiha amalga oshirilgandan keyin olinadigan 
daromadlarni solishtirish zarur bo‘ladi. Buning uchun joriy xarajatni va kelajakda 
olinadigan daromadni hisob-kitob qilish kerak. 
Loyiha deganda, ma`lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar
investitsiyasi tushuniladi. 
Investitsiya - daromad olish uchun qo‘yiladigan kapital mablag‘. 
Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to‘ldirish
jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling