O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

 
 
 
 
 
 
 
 
18.14-rasm. Raqobatlashgan firmaning uzoq muddatli oraliqdagi 
muvozanat holati 
Raqobatlashgan bozor cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam 
beradi va natijada iste’molchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga 
erishiladi. Bunday taqsimlanish 
MC
P

shartida ta`minlanadi. Firmalar ushbu 
shartga ko‘ra ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo‘lgancha qadar mumkin 
darajada maksimallashtiradilar. Ushbu shart bajarilganda nafaqat resurslarni samarali 
taqsimlashga erishiladi, balki maksimal ishlab chiqarish samaradorligiga ham 
erishiladi. Raqobatlashgan bozor firmalarni minimal xarajatlarda mahsulot ishlab 
chiqarishga va uni ushbu xarajatlarga mos bo‘lgan narxda sotishga majbur qiladi. 
Muvozanat holat grafigida o‘rtacha xarajat grafigi talab chizig‘iga urinadi xolos. 
Agar 
P
AC

bo‘lsa, firma zarar ko‘radi va tarmoqdan ketishga majbur 
bo‘ladi. Agar 
P
AC

bo‘lsa, bozorda qisqa muddatli oraliqda ortiqcha foyda olish 
ikoniyati tug‘iladi. Lekin, bu ortiqcha foyda tarmoqqa boshqa firmalarni kirib 
kelishiga sabab bo‘ladi. Boshqa firmalarning kirib kelishi ortiqcha foydani nolga 
tushiradi. Bu o‘z navbatida muvozanat holatni uzoq muddatgacha turg‘un 
saqlanishidan dalolat beradi. 
Raqobatlashgan bozorda va muvozanat holat sharoitida raqobatlashvchi 
tarmoqqa qarashli firmalar xarajatlari bir xil deb qaraladi. Lekin, biz bilamizki ba`zi 
bir firmalar sifatli xom ashyoda ishlaydi, boshqalari zamonaviyroq va samaraliroq 
uskunada va texnologiyada ishlaydi, yana boshqasi yuqori malakali kadrlar bilan 
ishlaydi. Umuman olganda ikkita bir xil firmaning o‘zi bo‘lmaydi. O‘z-o‘zidan 
ravshanki, sifatli resurslar bilan ishlaydigan firmalarning xarajatlari boshqalarnikiga 
qaraganda kam bo‘ladi. 

MC 
AC 
MR=P 
P
e
 
P
e
 



259 
Bu holatni raqobatlashgan bozordagi firmalarning o‘rtacha xarajatlari bir xil 
bo‘ladi, degan shart bilan mos kelishini iqtisodda quyidagicha tushuntiradi: ya’ni 
sifatli resurs egalari o‘z resurslari uchun ko‘proq ish xaqi oladi, mukammallashgan 
samarali uskunalarning ijara haqi ham yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy renta - bu 
raqobatlashgan bozorda kerakli resurs uchun firma to‘lashi mumkin bo‘lgan narx 
bilan ushbu resursning minimal narxi o‘rtasidagi farq. Masalan, o‘rtacha xom 
ashyodan foydalanib ishlab chiqarilgan har bir mahsulot 10 so‘m keltirsin, 
cheklangan sifatli xom ashyodan foydalanib ushbu mahsulotni ishlab chiqarganda 
(xarajatlarning kamayishi va mahsulot sifatini oshishi hisobiga) har bir mahsulotdan 
oladigan foyda 20 so‘mni tashkil qilsin, deylik. Sifatli resursni hamma firmalar ham 
sotib olishga harakat qiladi. Lekin, sifatli resurs cheklangan bo‘lgani uchun hamma 
firmalar sotib ola olmaydi. Agar sifatli xom ashyo raqobatlashgan bozorda sotilsa, 
uning narxi o‘rtacha xom ashyo narxidan albatta yuqori bo‘ladi. Agar o‘rtacha xom 
ashyo narxi 
1
P
va sifatli xom ashyo narxi 
2
 (
2
P
>
1
P
) bo‘lsa. Sifatli xom ashyo egasi 

P
P
P


2
1
ga teng bo‘lgan iqtisodiy renta oladi. Natijada mahsulot ishlab 
chiqaruvchi firmalarning o‘rtacha xarajati bir-biriga teng bo‘ladi. 
Shunday qilib, samarali resurslardan foydalanib olingan barcha foyda ushbu 
resurslarni sotib olishga sarflanadi. Ushbu holat raqobatlashgan bozordagi 
firmalarning o‘rtacha xarajatlari tenglashish tendentsiyasiga ega ekanligini ko‘rsatadi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling