O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

∑ Qi1 Pi1 Deflator = 100 
∑ Qi1 Pi0 
Bu yerda: i – deflatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni
Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori 
(Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko‘ylak va h.k); 
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi; 
Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi. 
Deflatorni hisoblash shartlari: 

odatda o‘tgan yilga nisbatan hisoblanadi

bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda o‘zgartirilishi mumkin; 

bozor savatiga ham iste’mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va 
xizmatlar kiritiladi; 

bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YaIM 
dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak

bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari o‘rtasidagi nisbat 


282 
ularning YaIM dagi ulushlari o‘rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak. 
Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YaIM esa 
doimiy narxlarda baholaydi
32

Nominal YaIM 
Real YaIM = ———————————— 100 
Deflator 
Shunday qilib, real YaIM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan oshadi, 
nominal YaIM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o‘sishi natijasida ham oshishi 
mumkin. 
Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi: 
∑ Qi0 Pi1 
INI = 100 
∑ Qi0 Pi0 
Bu yerda: 
Qi0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi; Pi1 – i – 
tovarning joriy yildagi bahosi
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi. 
Iste’mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari; 

bozor savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida 
o‘zgarmaydi; 

bozor savatiga faqat iste’mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi

bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste’mol 
xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak. 
INI ko‘rsatkichining kamchiligi shundaki bozor savati tarkibi o‘zgarmas 
bo‘lganligi tufayli aholi iste’moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining 
o‘zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro‘y bergan o‘zgarishlarni 
hisobga olish imkonini bermaydi Shu sabrbli bu indnks baholar darajasini biroz 
oshirib ko‘rsatadi. 
YaIM deflatori esa bozor savatiga joriy yida kiritilmay qolgan tovarlar 
baholarining oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini 
biroz pasaytirib ko‘rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning o‘rtacha darajasini 
xarakterlovchi Fisher indeksi hisoblanadi: 
32
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 24 


283 
 
Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste’mol narxlari indeksi singari 
hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji 
baholarda hisoblanadi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling