O‘zbеkiston rеspublikаsi


-rasm. Felpsning «oltin qoidasi» bo‘yicha iste’molning barqaror


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

32.6.-rasm. Felpsning «oltin qoidasi» bo‘yicha iste’molning barqaror 
darajasi
83
 
 
82
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 217 
83
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 218 


391 
“Oltin qoida” darajasiga mos keladigan kapital bilan qurollanganlik holatida 
f(k*) ishlab chiqarish funksiyasi va dk* chizig‘i bir xil og‘maga ega va ist’mol 
maksimal darajaga erishadi. 
k** kapital bilan qurollanganlik darajasida kapital zahirasining bir birlikka 
oshishi ishlab chiqarish o‘sishini keltirib chiqaradi (kapitalning chegaraviy 
mahsulotiga teng keladigan) va kapitalning d kattalikka chiqib ktishini oshiradi. 
Shunday qilib, “Oltin qoida”ga mos keladigan k** kapital bilan qurollanganlik 
darajasida MPK=d shart bajariladi. Aholi o‘sishi va texnologik taraqqiyotni hisobga 
olgan holda esa MPK=d+n+g shart bajariladi. 
Agar iqtisodiyot “Oltin qoida” bo‘yicha ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan kapital 
zahirasidan ortiqcha kapital zahirasi bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, unda bu holatda 
jamg‘arma me’yorini pasaytirishga yo‘naltrilgan siyosatni amalga oshirish zarur. 
Jamg‘arma me’yorining kamayishi iste’molning oshishi va unga muvofiq ravishda 
investitsiyalarning pasayishiga olib keladi, demak kapital zahirasining barqaror 
darajasining pasayishiga ham olib keladi. 
Agar iqtisodiyot barqarorlik holatida “Oltin qoida” dagidan kam kapital bilan 
qurollanganlik bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, unda jamg‘arma me’yorini oshirish 
zarur. Bu investitsiyalarni oshirib iste’molni pasaytiradi, lekin kapitalning jamg‘arilib 
borishi bo‘yicha qandaydir vaqtdan boshlab yana o‘sa boshlaydi. Natijada iqtisodiyot 
yana yangi muvozanat holatiga erishadi ammo oltin qoidaga muvofiq bo‘lgan holda, 
bunda iste’mol dastlabkiga nisbatan yuqoriroq darajaga ega bo‘ladi. 
R.Solou modeli texnologik taraqqiyotni farovonlikni barqaror oshiruvchi va 
o‘sishning optimal variantini topishga imkon yaratuvchi yagona asos sifatida 
ko‘rsatadi. Biroq u texnologik taraqqiyotni tashqi (ekzogen) omil sifatida ko‘rib 
chiqadi, demakki uni tushuntirmaydi. Ayrim olimlarning fikricha, texnologik 
taraqqiyotning determinantlari bugungi kunda etarlicha aniq emas. Biroq davlat 
siyosati turli xil instrumentlardan shu jumladan ilmiy tadqiqot va loyiha – 
konstruktorlik ishlaridan foydalanib texnologik taraqqiyotni rag‘batlantirishi 
mumkin. Masalan, patent qonunchiligini mukammallashtirib, ayrim rivojlangan 
mamlakatlar (AQSh,Yaponiya, Germaniya) uzoq muddat davomida yangi mahsulotni 
ishlab chiqarish huquqiga monopoliyani berishdi. Soliq to‘g‘risidagi qonunlar 
ko‘pgina mamlakatlarda ilmiy tadqiqot tashkilotlariga bir qancha imtiyozlar beradi. 
Maxsus tashkil etilgan milliy ilmiy fondlar fundamental ilmiy tadqiqotlarga 
subsidiyalar beradi. Hozirgi kunda mablag‘larni inson kapitaliga yo‘naltirish ham 
muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda, texnologik taraqqiyotda u asosiy rolni 
o‘ynaydi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling