406
band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2
ga qadar
oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni
iste’molchilar oshirilgan
narxda sotib oladilar va a sohaga teng yo‘qotishga duch
keladilar. Ammo, bu yo‘qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning o‘sgan foydasiga
aylanadi.
Baholarning o‘sishi oqibatida iste’molchilar ko‘rilayotgan tovar iste’moli
hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yo‘qotish grafikda
d soha bilan ko‘rsatiladi
va u hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan so‘ngi import hajmi bo‘lib,
shu hajmda
tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori bahoda sotib oladilar. Buning natijasida ular
turmush darajasidagi yo‘qotish ro‘y beradi. Bu yo‘qotish grafikda
c soha
bilan
belgilangan bo‘lib, u davlat budjetiga borib tushadi. Ya’ni, bu sohadagi
iste’molchilarning yo‘qotishi davlatning foyda ko‘rishi bilan qoplanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon
import tovaridan qimmat
ichki tovarga yo‘naltiriladi. Iste’molchilarning o‘sgan to‘lovlari yuqori chegaraviy
xarajatga ega, raqobatbardosh bo‘lmagan samarasiz
ichki ishlab chiqarishni
kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yo‘qotish
b sohasi bilan belgilangan
bo‘lib tarifning «
ishlab chiqarish samarasi» deyiladi va hech kimning foydasi bilan
qoplanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: