405
34.2. Importga ta’riflar va ularning ishlab chiqaruvchilarga hamda
iste’molchilarga ta’siri
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul bo‘lib tarif,
ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o‘zaro farqlanadi.
Maxsus
bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o‘rnatiladi. Masalan, 1
barel
neftga nisbatan 2 yevro.
Advalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz
tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo‘lib, buni biz
quyidagi grafik vositasida ko‘rib chiqamiz.
Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki
ishlab chiqarish hajmi
S1, ichki talab hajmi esa D1 teng bo‘lgan. Talab va taklif o‘rtasidagi farq (D1-S1)
import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo‘lganida baholar darajasi
Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuqtada o‘rnatilgan bo‘lar edi. Mamlakat
iqtisodiyoti ochiq bo‘lgani va importga cheklovlar yo‘qligi tufayli milliy
bozordagi
narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy qilinishi natijasida
ichki baholar Rw dan Rd ga qadar ko‘tariladi. Natijada:
Do'stlaringiz bilan baham: