O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2. Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat
8.2- jadval
Haqiqiy natijalarni kutiladigan natijalardan chetlanishi, ming so‘mda Ish joyi Sotuvdan foiz shaklida Qat’iy oklad shaklida natija Chetlanish natija chetlanish Birinchi 1 500 350 800 350 Ikkinchi 900 20 700 180 Manba: shartli raqamlar 2 1 =0,5 (1500 1 150) 2 + 0,5 (800 1 150) 2 = 61 250 + 61 250 = 122 500 2 2 =0,9 (900 880) 2 + 0,1 (700 880) 2 = 360 + 3 240 = 3 600 Ko‘rinib turibdiki, har ikkala variant dispersiyalari keskin farq qiladi. Agar bu dispersiyalarni kvadrat ildizdan chiqarsak standart (o‘rtacha kvadrat) chetlanish hosil bo‘ladi. Standart chetlanish (o‘rtacha kvadratik chetlanish ham deyiladi), bu dispersiyadan olingan kvadrat ildizga teng, ya’ni: 2 , bu yerda - standart chetlanish. Birinchi ish joyi uchun standart chetlanish 350 122500 1 so‘m. Xuddi shunday yo‘l bilan ikkinchi ish joyi uchun standart chetlanish 60 3600 2 so‘m. Bu shundan darak beradiki, birinchi variantda ikkinchi variantga nisbatan tavakkalchilik (risk) yuqori. Ikkala mezon ham bu yerda bir hil vazifani bajaradi, gap ularning qaysi biri foydalanishda o‘ng‘ayligida. Ko‘rinib turibdiki ikkala holda ham ikkinchi ish joyi birinchiga qaraganda kamroq tavakkalchilikka (yo‘qotishga) ega. 8.2. Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat Yuqoridagi misoldan ko‘rdikki, kim tavakkalchilikka borishga moyil bo‘lmasa, ikkinchi ish joyiga boradi, nima uchun deganda bu ish joyida kutiladigan daromad kamroq tavakkalchilak bilan bog‘liq. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo‘yicha uch turga bo‘linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya’ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar. Tavakkalchilikga qarshi bo‘lgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko‘radi. Agar tavakkalchilikga qarshi insonni iste’molchi deb qarasak va u oladigan daromadiga iste’mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste’mol qilishdan ma’lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz iste’molchining tavakkalchilik bilan bog‘liq daromadining naflik darajasi bilan qanday bog‘liq ekanligini ko‘rishimiz mumkin (8.1-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling