O‘zbеkiston rеspublikаsi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. “Daromad-iste’mol” chizig‘i nimani ifodalaydi? 
2. “Engel egri chiziqlari” deb nimaga aytiladi? 
3. “Narx-iste’mol” chizig‘i nimani ifodalaydi? 
4. Daromad samarasi qanday holatda yuz beradi? 
5. Almashtirish samarasi qanday holatda yuz beradi? 
6. Yakka va bozor talabi qanday farqlanadi? 
 


105 
8-bob. BOZOR VA TAVAKKALCHILIK 
 
8.1. Noaniqlik sharoitida tanlov 
 
Kelajakka 
taalluqli 
har 
qanday 
harakat 
noaniq 
natijaga 
ega. 
Daromadlarimizning bir qismini bankka depozitga joylashtirganimizda bankdan pulni 
qaytarib oladigan davrda uning xarid quvvati qancha b o‘lishini bilmaymiz, negaki 
o‘tadigan davr oralig‘ida inflyasiya sur'atlari qanchalik o‘sishi bizga noma'lum. Yoki 
biror maqsadda bankdan uzoq muddatli kredit olib, uni kelgusida oladigan 
daromadlarimizdan 
qoplashni 
rejalashtiramiz. 
Ammo 
kelgusida 
oladigan 
daromadlarimiz har doim ham aniq bo‘lavermaydi. 
Bugun xarid qilingan aksiyaning bo‘lg‘usi qiymati ham bizga noma'lum, 
chunki biz aksiyasini xarid qilgan aksiyadorlik kompaniyasining kelgusidagi 
moliyaviy holati, obro‘-e'tibori va dividend siyosati fond bozorlarida aksiya 
qiymatiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. 
Tadbirkorlik faoliyati — tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan amalga 
oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) 
olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Demak, tadbirkorlikka yoki daromad olish 
uchun tikilgan kapitalning qiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga 
bog‘liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o‘langan ekan. 
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, 
noaniqlik esa baholab b o‘lmaydigan holat. 
Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi va 
bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan 
bog‘liq 
bo‘lishi 
mumkin. 
Noaniqlik 
cheklangan 
resurslarni 
samarasiz 
taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo‘qotishga olib keladi. 
Shu vaqtgacha biz barcha ko‘rsatkichlar (narx, iste’molchi daromadi, ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniq berilgan deb keldik. 
Lekin, real hayotda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar 
bilan bog‘liq. Ma’lumki, to‘g‘ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. 
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to‘liq axborot bo‘lmaganda qaror 
qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to‘g‘risida axborot to‘liq bo‘lmasa, 
qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum yo‘qotishlarga olib keladi. 
Ushbu yo‘qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo‘qotish) darajasini 
bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora 
tadbirlar ko‘rishga imkon beradi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling