O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
W, so’m/soat
S L W 2 W 1 Bir kundagi ish soatlari T 2 T 1 221 16.11-rasm. Individual shaxsning mehnati taklifi chizig‘i Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o‘z ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi. Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining o‘rtacha daromadi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining o‘rtacha daromadidan ancha yuqori bo‘lgani uchun, ular ko‘proq dam olishga harakat qiladi (Daromad samarasi, o‘rnini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past bo‘lgani uchun, ish haqining o‘sishi, ishchilarni ko‘proq vaqt ishlab, ko‘proq daromad qilishga undaydi (o‘rnini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori bo‘ladi). 16.3. Mehnat bozorida monopsoniya bo‘lgan hol Bunday hol ko‘proq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta`minlaydi. Shaharda boshqa ish joylari kam bo‘lgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin bo‘ladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona bo‘lgani uchun ham u ish haqiga ta’sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar o‘rtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi (16.12-rasm). Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat holat E nuqtada o‘rnatiladi. E nuqtada talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatida e L ishchi e W miqdordagi ish haqi bilan ta`minlanadi. Monopsonist har bir birlik mehnat uchun bir xil ish haqi to‘lagani uchun taklif chizig‘i o‘rtacha xarajat AC chizig‘idan iborat bo‘ladi. Chekli mehnat xarajatlari chizig‘i L MRC o‘rtacha xarajat chizig‘idan yuqorida yotadi. L MRC va L MRP chiziqlarini kesishgan nuqtasi monopsonik holatda qancha ishchi bilan band bo‘lishini aniqlaydi. Bu yerda L L MRC MRP monopsonik muvozanat holati sharti. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling