O‘zbеkiston rеspublikаsi
Jamg‘arma va vaqt bo‘yicha chekli tanlash normasi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiymatni diskontirlash.
Jamg‘arma va vaqt bo‘yicha chekli tanlash normasi. Insonlar joriy va
kelajakdagi iste’molni bir-biri bilan solishtirib, jamg‘arish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar. Odatda shaxs kelajakda ko‘proq iste’mol qilish uchun bugungi kundagi bir so‘mlik iste’molidan voz kechadi. Masalan, shaxsning bir yillik daromadi 100 ming so‘m bo‘lsin. Agar u ushbu daromadini joriy yilda to‘liq iste’mol qilsa, uning jamg‘armasi nolga teng bo‘ladi. Shaxs ushbu daromadidan 10 ming so‘mini jamg‘aradi (10 ming so‘mlik joriy iste’moldan voz kechadi), agar u kelajakda 10 ming so‘mdan ko‘proq iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, masalan 15 ming so‘mlik. U holda uning vaqt bo‘yicha chekli tanlash normasi MRTP quyidagicha aniqlanadi: MRTP C C 1 0 15 10 15 , . MRTP - vaqt bo‘yicha chekli tanlash normasi, bu shaxsning umumiy tushum darajasi o‘zgarmagan sharoitda bir birlik joriy iste’moldan voz kechish hisobiga bo‘ladigan kelajakdagi qo‘shimcha iste’mol qiymati bo‘lib, u shu voz kechilgan birlik iste’molni qoplash uchun etarlidir. Vaqt bo‘yicha tanlash investitsiya qo‘yishga jamg‘arma orqali ta’sir qiladi. Lekin, joriy iste’mol hisobidan jamg‘armani xohlagancha oshirish mumkin emas. Nega deganda, umumiy daromad cheklangan. Jamg‘arma umumiy daromaddan iste’molni ayrilganiga teng: S I C , bu yerda: S - jamg‘arma; I - umumiy daromad; C - iste’mol. Ma`lumki foiz stavkasi i qancha yuqori bo‘lsa, jamg‘arishga moyillik shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha. Qiymatni diskontirlash. Bir yildan keyin beriladigan bir so‘mning bugungi qiymati qancha bo‘ladi? Bu savolga javob - foiz stavkasiga bog‘liqdir. Faraz qilaylik, foiz stavkasi i bo‘lsin. U holda biz bir so‘mni jamg‘aradigan bo‘lsak, uning qiymati bir yildan keyin 1 1 i so‘mga teng bo‘ladi (agar foiz stavkasi i 50% bo‘lsa, bugungi bir so‘m bir yildan keyin 1,5 so‘mga teng bo‘ladi). Demak, aytishimiz mumkinki, bir yildan keyin olinadigan bir so‘mning bugungi qiymati +i 1 m so' 1 so‘mga teng, ya’ni u bir so‘mdan kichik bo‘ladi. Xuddi shunday ikki yildan keyin to‘lanadigan bir so‘mning bugungi qiymati 2 1 m so' 1 +i ga teng bo‘ladi. Nima uchun 234 deganda, bir so‘m i foiz stavkasi bo‘yicha investitsiyaga qo‘yilsa, ikki yildan keyin u 1 1 1 2 i i i so‘mga teng bo‘ladi. Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, joriy diskontirlashtirilgan qiymat PDV (Present Discount Value), ya’ni boshlang‘ich yilga keltirilgan qiymat - bu ma`lum muddat o‘tgandan keyin to‘lanadigan bir so‘mning bugungi qiymati (narxi). Agar muddat bir yilga teng bo‘lsa, PDV i 1 1 ga teng. Agar muddat n yilga teng bo‘lsa, PDV i n 1 1 ga teng bo‘ladi. Quyidagi jadvalda (17.3-jadval) bir dollarning har xil foiz stavkalaridagi keltirilgan qiymatlari ko‘rsatilgan. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling