O‘zbеkiston rеspublikаsi


 Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

20.6. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar 
Milliy 
iqtisodiyot 
rivojlanishi 
jarayonlarida 
turli 
makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar o‘rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim. 
Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning 
bo‘laklarining nisbatini, yoki shu bo‘laklar o‘rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga 
mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste’mol va milliy jamg‘arishga 
bo‘linishini misol qilib keltirish mumkin. 
Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste’mol hajmi yuqori bo‘ladi. Ammo 
mavzuning 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi misolida ko‘rdikki milliy 
jamg‘armalarning ulushi ham yuqori bo‘lishi mumkin ekan. Demak yakuniy 
iste’mol va milliy jamg‘armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 
2:1 proporsiyada ham bo‘lishi mumkin ekan. 
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo‘lishi uchun ayrim 
ko‘rsatkichlarning aynan teng bo‘lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi mavjud bo‘ladigan, 
yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka 
makroiqtisodiy ayniyat deyiladi. 
Xarajatlar 
va 
daromadlar 
ko‘rinishida 
hisoblangan 
YaIM 
ko‘rsatkichlarining o‘zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi. 
Y= C+ I + G + Xn 
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasidagi 
tenglik hisoblanadi. 
Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg‘armalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bu 
ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning 
muhim shartidir. Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega 
emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=0), deb faraz qilinsa, 
unda YaIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD ga teng bo‘ladi. Ya’ni: 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling