Moliyaviy bozorlarning beqarorligi → Kreditlarning qisqartirilishi va
iste’molning pasayishi → Ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi,
ishsizlikning o‘sishi.
Shunga ko‘ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo‘yicha davlat
dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni rag‘batlantirish orqali
ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan keskin choralarni ko‘rish
masalasini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
21.2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab
chiqarish resurslari to‘liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri
bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo‘ladi.
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan
ko‘proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi
ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi
35
.
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi.
Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo‘lgan talab
qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, ishchi
kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi
miqdoridan kam bo‘lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band
bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida)
aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |