O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi 
va turg‘unlik davri boshlanadi. 
Ko‘tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, 
ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga 
erishiladi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega 
bo‘lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro farq qilib turadi. Shuning 


287 
uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy 
tebranishlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning 
asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko‘rsatadi. 
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va 
texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-
texnika yutuqlarini qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan 
avtomobilning yaratilishi yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi 
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar 
ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan 
resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim 
ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi. 
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy 
vaziyatlarga bog‘lashadi. 
Bu jarayonni monetar siyosatga bog‘laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, 
davlat qanchalik ko‘p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va 
aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo‘lsa, ishlab chiqarish ko‘lamining pasayishi 
va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni 
baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab 
chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar 
miqdoriga bog‘liq, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‘z tovar 
va xizmatlarini ularga talab bo‘lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab 
katta bo‘lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish 
foydali emas. O‘z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, 
aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab 
chiqarishning o‘sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish
bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, 
ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini 
qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan 
biridir. 
Shu o’rinda quyidagi misolni keltiramiz. 2008 yilda yuzaga kelgan jahon 
moliyaviy -iqtisodiy inqirozi dunyodagi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda 
makroiqtisodiy berqarorlikni keltirib chiqardi. «Bu inqiroz Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. 
So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning 
likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. 
Dunyoning etakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va 
aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning 
barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy 


288 
oqibatlarni keltirib chiqardi»
34

Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz etarlicha 
to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan 
qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi. 
Modomiki, ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi 
hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsada, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas 
mulklarga etarlicha «to‘yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning 
ustiga investitsion banklarning AQSh ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy 
«mahsulot» hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo‘yicha operatsiyalarining 
avj olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi. 
AQSh iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga 
to‘yindi va bu Federal zahira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kredit siyosatini 
o‘zgartirishiga olib keldi. Natijada 2004-2006 yillarda Federal zahira tizimi foiz 
stavkalarni 6,25% gacha ko‘tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholini ipotekaga 
nisbatan talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar 
to‘lovining qisqarishiga olib keldi. Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda 
aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaydi. 
Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko‘ra 
to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati kengaydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga 
ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida 
ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib 
keldi. 
Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda aholining ipoteka kreditlarini 
qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi 
bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko‘ra to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati 
kengaydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas 
mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, 
bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib keldi. 
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning 
haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan 
ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «mevasi» ekanligini, ya’ni 
«o‘z-o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy 
iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi bilan ham 
izohlamoqdalar. 
Yuzaga kelgan global moliyaviy –iqtisodiy inqiroz jahonning asosiy moliyaviy 
markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mamlakatlar 
iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy 
inqiroz inflatsiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi 
ta’sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar negizida 
34
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf 
etishning yo‘llari va choralari. – T.: O‘zbekiston, 2009, 4-b. 


289 
iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko‘rinadiki, hozirgi jahon 
moliyaviy inqirozining o‘ziga xos xususiyati – bu uning iqtisodiyotning moliyaviy 
sektoridan boshlanib, real sektoriga o‘tganligidir. 
Global inqiroz bo‘yicha ko‘p sonli nashrlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, 
dunyoning rivojlangan davlatlari uchun inqirozning harakat nuqtasi moliyaviy 
bozorlarning beqarorligi bo‘ldi va inqirozning rivojlanishi sxemasi quyidagi 
ko‘rinishda bo‘ldi: 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling