O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
P↑→ X↓ (M↑)→Xn↓ →AD↓
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi o‘zgarishlar yalpi talabning miqdorida o‘z aksini topadi va uning egri chizig‘ini chapga yoki o‘ngga siljitadi (5.1-rasm). Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz: 1. Iste’mol xarajatlaridagi o‘zgarishlar: a) iste’molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o‘zgarishi; b) iste’molchilar kutishi; v) iste’molchilarning qarzlari miqdorining o‘zgarishi;g) iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi. 2. Investitsiya xarajatlaridagi o‘zgarishlar: 303 a) foiz stavkasidagi o‘zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda normasining o‘zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o‘zgarishi; g) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; d)zahiradagi quvvatlar o‘zgarishi. 3. Davlat xarajatlarining o‘zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda. 4. Sof eksport hajmidagi o‘zgarishlar. a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o‘zgarishi. b) valuta kurslaridagi o‘zgarishlar. Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi talabning narxlarga bog‘liq bo‘lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi (23.1-rasm). Natijada ma’lum baho darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zgaradi. Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizig‘ining o‘ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo‘lgan holatlarda AD egri chizig‘i chapga siljiydi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling