O‘zbеkiston rеspublikаsi


 AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

23.4. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat 
AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli 
hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. 
Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi 
tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo‘lishi kerak. 
Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada 
ko‘rib chiqamiz (23.3-rasm). Dastlab muvozanat e nuqtasida o‘rnatilgan.


306 
23.3-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq kesmasidagi muvozanat 
 
Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining 
muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe 
narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli 
hajmiini bildirishini ko‘rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, 
balki P1 deb hisoblaymiz. 
Baholar darajasi P1 bo‘lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab 
chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi. 
Iste’molchilar baholar darajasi P1 bo‘lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib 
olishga tayyor turadi. AD>AS bo‘lganligi tufayli iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat 
baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pe gacha ko‘tarilishi 
ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Y e gacha oshirishga va iste’molchilar talabini Y2 
dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari e nuqtada 
kesishadi. Demak, aynan Pe baho baholarning muvozanatli darajasi va e muvozanat 
nuqtasidir. 
23.4-rasmda yalpi talab egri chizig‘i yalpi taklif egri chizig‘ini bilan keyns 
kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy 
muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o‘zgaradi. Buni tushunish 
uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvazanatli hajmini Ye va muvozanatli 
baholar darajasini Pe bilan belgilaymiz. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling