O‘zbеkiston rеspublikаsi
Nazarot va muhokama uchun savollar
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24- bob. ISTE’MOL, JAMG‘ARISH VA INVESTITSIYA 24.1. Iste’mol va jamg‘arish, ularning grafiklari va funksiyalari
Nazarot va muhokama uchun savollar 1. Yalpi talabga va uning komponentlarini ta’rif bering. 2. Yalpi talab egri chizig‘i quyiga egilgan traektoriyaga ega bo‘lishi sababi nimada? 3. Yalpi talabning boshqa omillariga va ularning AD egri chizig‘iga ta’siriga izoh bering. 4. Yalpi taklif egri chizig‘i shakli qaysi sabablarga ko‘ra murakkab ko‘rinishga ega? 5. AD-AS modelidagi makroiqtisodiy muvozanat holatini va uning shartlarini tushuntiring. 6. Yalpi talab o‘zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 7. Yalpi taklif o‘zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 310 24- bob. ISTE’MOL, JAMG‘ARISH VA INVESTITSIYA 24.1. Iste’mol va jamg‘arish, ularning grafiklari va funksiyalari Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko‘ra tarkibida eng katta ulushga ega bo‘lgan komponentdir. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda bu ulush 58,0 %ni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg‘armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg‘arish hajmi foz stavkasining funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg‘arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg‘arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo‘jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to‘lovlari va to‘lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd) ko‘rsatkichidir 45 . Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg‘armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi. Ma’lumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg‘ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik har xil daromadga ega bo‘lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo‘lganlar, odatda, uning ko‘proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg‘aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg‘arish foydasiga o‘sadi. Bu bog‘liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz (24.1-jadval). Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling