O‘zbеkiston rеspublikаsi
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Daromad, iste’mol va jamg‘armalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka izoh bering? 2. Avtonom iste’mol kategoriyasining mohiyatini tushuntirib bering. 3. Iste’mol va jamg‘arish grafiklaririni izohlang. 4. Iste’mol va jamg‘armaga o‘rtacha va chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlarini izohlab bering? 5. Qaysi mablag‘larni investitsiya tarkibiga kiritamiz? 6. Akselerator modelini tushuntirib bering. 7. Kutilayotgan sof foyda normasi o‘zgarishi qaysi sabablarga ko‘ra ro‘y beradi va u investitsiya hajmiga qanday ta’sir ko‘rsatadi. 318 25–bob. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDA MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI 25.1 Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat konsepsiyasiga ko‘ra iqtisodiyotda faqatgina to‘liq bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko‘ra mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir sub’ektning ishlab chiqarishi bir vaqtning o‘zida boshqa sub’ektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab hisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo‘ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra AD ≠ AS holati ro‘y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori etishmay qolgan, ya’ni AD< AS holati ro‘y bergan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi. Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish hajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funksiyasi hisoblanadi, va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potensial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to‘liq bandlilgini ta’minlab turadi. Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o‘ziga xos xususiyati pulning neytralligi prinsipini ko‘zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi degan prinsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya’ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko‘ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. Klassik Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling