O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

 
 
 
24.3-rasm. Avtonom investitsiyalar grafigi 
Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan 
kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko‘p bo‘lganda ham 
mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya 
xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi. 
48
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 65 


316 
24.4. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa 
omillar. Akselerator modeli 
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib 
kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya 
xarajatlari miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bo‘lsa, kutilayotgan sof foyda normasi 
(KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik bor. 
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, 
investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan 
yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali bo‘lmay qoladi. 
Misol uchun, zavodga 100000 so‘mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi 
stanokni qo‘llashdan zavod 10.000 so‘m sof foyda olgan bo‘lsin. Kutilayotgan sof 
foyda normasi quyidagicha aniqlanadi: 
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%. 
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi 
emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining 
o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflatsiya darajasi ayirmasi ko‘rinishida 
aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo‘lsa, inflatsiya darajasi 
yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi. 
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar 
kiradi: 
1. 
Soliqqa tortish darajasi; 
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar; 
3. Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori; 
4. Investorlarning kutishi
5. Yalpi daromadlarning o‘zgarishi. 
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo 
bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‘zgarmagan sharoitda 
ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki 
beradi. 
Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini 
akselerator modeli aks ettiradi: 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling