O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

dixotomiya konsepsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori alohida-alohida 
amal qiladi, ular o‘rtasidagi muvozanat avtomatik barqarorlashtirgichlar orqali 
ta’minlab turadi deb hisoblanadi. 
Pul bozori investitsiya va jamg‘armalar tengligini hamda to‘liq bandlik 
sharoitini ta’minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik 
bo‘lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat 
nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potensial hajmiga esa (Y*) teng. 
Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg‘arilishi yalpi talabning yalpi 
taklifni qoplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg‘arilgan 
so‘m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta’kidlashadi. 
Agarda, tadbirkorlar uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari miqdorida investitsiya 
qilishsa, ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy bo‘lib qoladi. 
Klassik iqtisodchilar ta’kidlashlaricha, kapitalizmning o‘ziga xos pul bozori 
mavjud va bu bozor jamg‘arma va investitsiyalarning tengligini ta’minlaydi. Bunda 
tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o‘taydi (25.1- rasm). 


319 
 
25.1-rasm. Jamg‘arish-investitsiya grafigi 
 
Shuning uchun ham to‘liq bandlik mavjud bo‘ladi. Bu iqtisodchilar davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzoq muddatga, oxir-oqibat bozor 
iqtisodiyotining tabiiy harakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy 
oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi. 
1936-yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi
ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o‘zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning 
umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi. 
Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to‘liq bo‘lmagan bandlik sharoitida ham 
erishish mumkinligini, to‘la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga 
solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro‘y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. 
Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi 
vaziyatlargagina bog‘liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy 
oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflatsiyaning kelib 
chiqishi investitsiya va jamg‘armalarga bevosita bog‘liq. Narxlarning oshishi va ish 
haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib 
keladi. 
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg‘armalarning bir-
biriga mos kelmasligi tufayli ro‘y beradi. (25.2-rasm). 
Bunga sabab birinchidan, jamg‘arish va investitsiyalash to‘g‘risidagi qarorlarni har 
xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi bo‘lsa. ikkinchidan, 
jamg‘aruvchilar va investorlarni jamg‘arish va investitsiyalashga turlicha sabablar 
undaydi. Keynschilar fikricha, jamg‘arma va investitsiyalar bitta omilga bog‘liq 
bo‘lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati 
o‘zining ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan 
avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg‘arishadi. Jamg‘armalar biror shaxs yoki 
oilaning kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida, ya’ni, uy xo‘jaliklari oila 
boshlig‘ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini ta’minlash 
maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg‘armalar tasodifiy vaziyatlarda 
foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi. 
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga 
kutilayotgan sof foyda normasi hamdir. 


320 
 
Klassiklar nazariyasi bo‘yicha jamg‘arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan 
asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo‘jaliklari kamroq iste’mol 
qilib, ko‘proq jamg‘arishga harakat qilishadi. Uy xo‘jaliklarida jamg‘armalarning 
ko‘payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o‘z vaqtida investitsiyaning 
o‘sishini ta’minlaydi. 
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi 
iste’mol va jamg‘arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga 
tayangan holda Keyns o‘zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling