O‘zbеkiston rеspublikаsi


 Avtonom xarajatlar multiplikatori


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

25.4. Avtonom xarajatlar multiplikatori 
Avtonom xarajatlarning har qanday o‘sishi, ya’ni ΔA = Δ (a+I+G+Xn) 
mul’tiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko‘proq miqdorga (ΔY) 
oshishiga olib keladi. 
Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori muvozanatli YaIM o‘zgarishning avtonom 
xarajatlarning har qanday komponenti o‘zgarishiga nisbatini ko‘rsatadi
m = ΔY /ΔA: 
Bu yerda: m - avtonom xarajatlar mul’tiplikatori; ΔY – muvozanatli YaIMning 
o‘zgarishi; 
ΔA – avtonom xarajatlarning Y o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarishi. 
Mul’tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o‘sishi 
(kamayishi)dan necha marta ortiq o‘sganligini (kamayganligi) ko‘rsatadi. 
Avtonom iste’mol ΔCA miqdorga o‘ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (Y) 
ning o‘sha miqdorda o‘sishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida iste’molning 
ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MPC x ΔCA miqdorda o‘sishiga olib 
keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MPCxΔCA miqdorda yana o‘sadi. 
Shunday qilib, «daromad- xarajat» ko‘rinishidagi doiraviy aylanish bo‘yicha jarayon 
davom etaveradi. 
ΔCA↑ >AD↑ Y↑ C↑ AD↑ Y↑ C↑ AD↑ Y↑ va hokazo. Ushbu oddiy 
vaziyatdan ko‘rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom iste’molning dastlabki 
o‘zgarishi ΔCA↑ ga nisbatan bir necha marta ko‘p o‘zgaradi. Bu shuni bildiradiki, C, 
I, G yoki Xn miqdorlardagi oddiy o‘zgarishlar ham ishlab chiqarish hajmi va bandlik 
darajalarida katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, multiplikator 


323 
 
iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning budjet-soliq 
siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib, o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini 
yaratish hisoblanadi. Bu tizim iste’molga chegaralangan moyillikni kamaytirish 
orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi. 
Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, 
dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so‘mga ko‘paysin. Bu, o‘z 
navbatida ish haqi, renta, foyda ko‘rinishda uy xo‘jaliklari daromadiga aylanadi. Agar 
iste’molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy 
xo‘jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya’ni 3,75 mlrd. so‘mni iste’mol xarajatlariga 
sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so‘mni jamg‘aradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so‘m boshqalar 
uchun daromad hisoblanadi. O‘z navbatida ular ham 3,75 mlrd. so‘mning 75 foizini 
iste’mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg‘aradilar. Bu jarayon oxirgi so‘m 
jamg‘arilmaguncha davom etadi. 
Bunda: m = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 va m = 1 / (1-0,75) = 4 va bundan : ΔY 1 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling