O‘zbеkiston rеspublikаsi
Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Haqiqiy investitsiyalar
- : E=C+ I +G+Xn
25.2. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini olish uchun yalpi talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko‘p hollarda yalpi talab nazariyasi deb yuritiladi. Yalpi talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o‘zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir. “Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zahiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o‘zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg‘arma va investitsiyalar miqdorining o‘zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi” 50 . Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo‘ljallagan xarajatlari kiradi 51 . Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o‘zgarishlar tovar moddiy zahirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi. Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi: E=C+ I +G+Xn ko‘rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste’mol funksiyasi (C=a+ b (Y-T)) grafigiga nisbatan I+G+Xn miqdorda yuqoriga surilgan bo‘ladi. Keltirilgan Xn -sof eksport bo‘lib, uning funksiyasi esa quyidagi ko‘rinishga ega: Xn = g - m’Y Bu yerda :g – avtonom sof eksport; m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad. Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o‘zgarish miqdorini bunga sabab bo‘lgang‘ daromadlardagi o‘zgarish miqdoriga bo‘lib topiladi. m’ = ΔM / ΔY; Bu yyerda: ΔM - importga xarajatlarning o‘zgarishi; ΔY - daromadlarning o‘zgarishi. Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste’molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo‘lgan xarajatlari 50 Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.- М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005., 114-с 51 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 305 321 miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog‘liq bo‘lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o‘zgarishi bilan sof eksport (Xn) o‘rtasidagi bog‘liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o‘zgarishiga bog‘liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to‘lig‘icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo‘shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig‘indiga teng deb olinadi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling