O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan. 
Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 
I = Ireja+ γY bu yyerda: 
Δ I It –I t-1 
γ = ----------- = ------------------
Δ Y Yt - Yt-1
Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi. 
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini quyidagicha yozish 
mumkin:
49
49
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 517 


317 
I = e - dR + γY 
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib keladi. Korxona 
foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya 
xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi 
sharoitida bo‘sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib 
ketadi. Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda 
bo‘lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar 
tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi. 
Qisqа хulosаlаr 
Iste’mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo‘lib, uning hajmini 
avvalo uy xo‘jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari 
miqdori oshib borishi bilan undagi jamg‘armalar ulushi ham oshib boradi. 
Iste’mol va jamg‘arish hajmi, shuningdek iste’molchilar boyliklari darajasiga, 
narx va soliq o‘zgarishlari, iste’molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga 
bog‘liq. 
Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha qismi 
iste’molga va qancha qismi jamg‘armaga sarflanganligini xarakterlovchi 
ko‘rsatkichlardir. 
Iste’molga chegaraviy moyillik (MRS) iste’moldagi o‘zgarishlarni ixtiyordagi 
daromad darajasidagi o‘zgarishga bo‘lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi 
fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir. 
Investitsiya yoki kapital qo‘yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab 
chiqarish vositalariga qo‘yilgan mablag‘ hisoblanadi. Investitsiya xarajatlari 
dinamikasi, foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda normasi va boshqa bir qancha 
omillarga bog‘liq. 
Investitsiya hajmining YaIM hajmiga bog‘liqligini xarakterlovchi model 
- akselerator modeli deyiladi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling