O‘zbеkiston rеspublikаsi
Yalpi taklif grafigi va omillari
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23.2-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘i
- Keyns kesmasida
23.3. Yalpi taklif grafigi va omillari
Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko‘pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag‘bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o‘rtasida to‘g‘ri aloqa mavjud 41 .38 Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‘sib borishi bilan o‘sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‘i alohida tovar taklifi egri chizig‘idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko‘tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (23.2-rasm). Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi. Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi uning potensial hajmidan, ya’ni to‘liq bandlik sharoitida erishishi mumkin bo‘lgan hajmidan kamdir. 41 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 288 304 Demak, bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo‘lgan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko‘rsatadi. 23.2-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘i Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir ko‘rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi o‘zgarmay qolgan sharoitda ro‘y beradi. Yalpi taklif egri chizig‘ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: ˗ iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq band bo‘lmagan sharoitda amal qiladi; ˗ baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam ta’sirlanadi; ˗ real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling