O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32.1.-rasm. Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish (y) va talab (c+i) 76
Y= f(L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida erning kichik
ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog‘liq deb olingan. Y= f(L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko‘rinishi quyidagicha: Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K , bu yerda: ΔY/ Δ L- mehnatning chekli mahsuloti (MPL); ΔY/ ΔK- kapitalning chekli mahsuloti (MPK). Solou modeliga ko‘ra yalpi ishlab chiqarish hajmi mehnat unumdorligini -bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini (y=Y/L) o‘stirish hisobiga ta’minlanishi mumkin. 75 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 207 384 Ayni paytda mehnat unumdorligi kapital bilan qurollanganlik darajasining (k= K/L) funksiyasi, ya’ni ) (k f y Bu yerda ) , ( ) ( l k F k f Kapital (fond) bilan qurollanganlik darajasining o‘sishi esa jamg‘arish normasiga bog‘liq. Modelda yalpi talab investitsion va iste’mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi. y = c + i Davlat xarajatlari va sof eksport ko‘rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi. 32.1.-rasm. Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish (y) va talab (c+i) 76 Daromad, shakllangan jamg‘arish normasiga ko‘ra, iste’mol va jamg‘arishga bo‘linishini hisobga olib iste’mol funksiyasini quyidagi ko‘rinishda yozishimiz mumkin: c=(1-s)y Bu yerda s-jamg‘arish normasi. Bundan y= c + i=(1-s)y+ i, o‘z navbatida i= sy kelib chiqadi. Boshqacha aytganda muvozanat holatida investitsiyalar jamg‘armalarga teng va daromadga proporsionaldir. Talab va taklifning tengligi shartini quyidagicha yozish mumkin: f(k)=c+i f(k)= i/s Ishlab chiqarish funksiyasi tovarlar bozorida taklifni, kapital jamg‘arish esa ishlab chiqarilgan mahsulotga talabni belgilaydi. Ishlab chiqarish hajmi dinamikasi kapital (kapital bilan qurollanganlik) hajmiga bog‘liq. Kapital hajmi esa uning chiqib ketishi va investitsiyalar ta’sirida o‘zgaradi. Investitsiyalar kapital zahirasini orttiradi, chiqib ketish (amortizatsiya) esa uni kamaytiradi. Investitsiyalar fond bilan qurollanganlik va jamg‘arish normasiga bog‘liq. Bu iqtisodiyotda talab va taklif tengligi shartidan kelibchiqadi: i= sf(k). Jamg‘arish 76 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 209 385 normasi (s) k ning har qanday miqdorida mahsulotning investitsiya va iste’molga bo‘linishini belgilaydi: Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling