O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Qisqа хulosаlаr
Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924 yilda tug‘ilgan) o‘z modelida jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. Ushbu model iqtisodiy o‘sishning muvozanatli traektoriyalarini tadqiq qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, differensial tenglamalar tizimi shaklida namoyon bo‘ladi. Mazkur model o‘sayotgan asosiy kapitalning jon boshiga mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga olib kelishi mexanizmini ko‘rsatadi. R. Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kapital qo‘yilmalar oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi. SHunday ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi. 395 Dj. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini Dj. Mid “Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) nomli kitobida ifodalagan. Dj. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishning ta’minlaydigan daromad va jamg‘armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Iqtisodiy o‘sishningneoklassik modellari neokeynscha modellardan qaysi jihatlariga ko‘ra farq qiladi? 2. R. Solouning iqtisodiy o‘sish modeli qanday nazariy asoslarga ega? 3. Barqaror dinamik muvozanat deganda iqtisodiyotning qanday holati tushuniladi? 4. Soluning iqtisodiy o‘sish modelida jamg‘arish normasining iqtisodiy o‘sishga ta’siri qanday izohlangan? 5. Kapitalning chiqib ketishini iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tushuntirib bering? 6. Aholi sonining o‘sishi kapital bilan qurollanganlik darajasiga va ishlab chiqarish hajmiga qay yo‘sinda ta’sir ko‘rsatadi? 7. .Solou modelidagi texnologik taraqqiyotning mohiyatini izohlang. 8. Felpsning “oltin qoidasi” mohiyatinit tushuntirib bering. 9. J.Mid o‘z modelida mehnat unumdorligi va kapital jdamg‘arishining o‘sishi sur’atlari o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday ifodalangan? 10. A.Lyuis modeliga ko‘ra iqtisodiy o‘sishni ta’minlash shartlari nimalardan iborat? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling