390
(k1*) ning barqaror (qat’iy) holatida texnologik taraqqiyot mavjud bo‘lgan
sharoitda kapital hajmi (K) va ishlab chiqarish (Y) (n+g) sur’at bilan o‘sadi. Bir
ishchi hisobiga to‘g‘ri keladagan kapital bilan qurollanganlik (K/
L) va ishlab chiqarish (Y/L) (g)- sur’at bilan o‘sib boradi. Bu R.Solou
modelida texnologik taraqqiyot-turmush darajasi uzluksiz o‘sishining
yagona sharti
ekanligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, R.Solou modeli iqtisodiy o‘sishning 3
manbai-
investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnologik taraqqiyot o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlikni yoritish imkonini beradi.
Davlat iqtisodiy o‘sishga jamg‘arma me’yori
va texnologik taraqqiyotni
jadallashtirish orqali ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Jamg‘arma me’yori qanday bo‘lishi kerak? Aniqlaganimizdek
muvozanatli
iqtisodiy o‘sish jamg‘armaning turli me’yorlari bilan muvofiqlashadi. Shuning uchun
maksimal iste’mol darajasi bilan iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan me’yor
optimal
bo‘ladi. Bunday me’yor “Oltin qoida” ga muvofiq keladi. Jamg‘armaning bu
me’yoriga mos keladigan kapial bilan qurollanganlik darajasini (k**) bilan iste’molni
esa – (C**) bilan belgilaymiz. Oldin biz ishlab chiqariladigan mahsulot iste’mol va
investitsiyalarga sarflanadi deb belgilagan edik:
Y=C+I
bundan C=Y-I kelib chiqadi.
Berilgan parametrlarning o‘rniga ular barqaror holatidagi ifodasini qo‘ysak,
quyidagiga ega bo‘lamiz:
C*=f(k*)-dk*,
bu yerda C*- barqaror o‘sish holatidagi iste’mol.
Iste’mol hajmi maksimal bo‘ladigan kapital bilan qurollanganlikning barqaror
darajasi “Oltin qoida”ga muvofiq keladi
82
.
Do'stlaringiz bilan baham: