O‘zbеkiston rеspublikаsi


Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Felpsning «oltin


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

32.3. Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Felpsning «oltin 
qoidasi» 
 
Iqtisodiy o‘sishning investitsiyalar va bandlar sonining oshishidan keyingi 
uchinchi manbasi bo‘lib, texnologik taraqqiyot hisoblanadi. Neoklassik nazariyada 
texnik (texnologik) taraqqiyot deganda ishlab chiqarishning mashinalashtirilishi 
emas, balki, ishlab chiqarishdagi sifat o‘zgarishlari (ishchilarning ma’lumot darajalari 
va malakalarining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil qilishning yaxshilanishi, ishlab 
chiqarish ko‘lamining kengayishi) tushuniladi. 
Modelga texnologik taraqqiyotning kiritilishi ishlab chiqarish funksiyasini 
o‘zgartirib, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Y=f(K,L×E) 


389 
Bu yerda(E)- mehnat birligi samaradorligi (ishchi kuchining salomatligi
ma’lumoti va malakasiga bog‘liq): 
(L×E)- doimiy samaradorlik E ga ega shartli mehnat birliklari soni. 
E qanchalik katta bo‘lsa, mavjud ishchilar soni bilan shuncha ko‘p mahsulot 
ishlab chiqarilishi mumkin.
80
Texnologik taraqqiyot mehnat samaradorligi(E) ning doimiy surat (g)bilan 
o‘sishga olib keladi. Shuning uchun g =2% bo‘lganda, mehnatning har bir birligidan 
qaytim yiliga 2% ga oshadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi yiliga 2% 
o‘sgandagi kabi o‘sishiga olib keladi. Texnik taraqqyotning bunday shakli mehnatni 
tejaydi deyiladi, (g)– esa mehnatning tejaydigan texnologik taraqqiyotning surati. 
Endi texnologik taraqqiyot holatidagi kapital bilan qurollanganlikning barqaror 
darajasini aniqlash mumkin. Agar bandlarning soni (L) (n) sur’at bilan oshayotgan 
bo‘lsa, samaradorlik (E) esa (g)sur’at bilan o‘sayotgan bo‘lsa, unda (LE) (n+g) sur’at 
bilan oshib boradi. 
Doimiy samaradorlikka ega bir mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan kapital 
k1=[K/(LE)] ni tashkil etadi. Doimiy samaradorlik bilan mehnat birligiga to‘g‘ri 
keladigan ishlab chiqarish hajmi esa y=Y/(LE)ni tashkil etadi. Bunda barqaror 
muvozanatlilik holatiga quyidagi shartda erishiladi: 
sf(k)=(d+n+g)k 
Tenglama kapital bilan qurollanganlikning, o‘zgarmas samaradorlikka ega 
bo‘lgan mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan kapital va ishlab chiqarishning 
doimiyligini ta’minlaydigan, faqatgina bitta darajasi (k*) mavjud ekanligini 
ko‘rsatadi. Bu barqaror holat iqtisodiyotning uzoq muddatli muvozanatini 
ifodalaydi.(32.5.-rasm). 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling