O‘zbеkiston rеspublikаsi


Xeksher – Olinning neoklassik konsepsiyasi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

33.4. Xeksher – Olinning neoklassik konsepsiyasi 
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi-
olimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko‘rsatish mumkin. 
E. 
Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog‘liq holda 
narxlarni tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma’nosi shundan 
iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, yer, 
kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste’moldagi o‘zgarishlar kabi 
omillarga bog‘liq. 
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan: 
1. 
Mamlakatlar o‘zlarida ortiqcha bo‘lgan ishlab chiqarish omilini ko‘p 
talab qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o‘zlarida taqchil 
bo‘lgan ishlab chiqarish omillarini ko‘p talab qiladigan mahsulotlarni import 
qiladilar. 
2. 
Xalqaro savdo yo‘lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli 
mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o‘zgarishlar 
kuzatiladi. 
3. 
Mahsulotlar eksporti o‘rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari 
eksporti egallaydi. 
Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar 
miqdori o‘rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo‘lsa shu omil 
bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi. 
Xeksher-Olin konsepsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko‘rinishlarga 
ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya’ni, 


401 
«sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma’lum miqdorda ortiqcha 
ishchi kuchi mavjud bo‘ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha yer mavjud, ammo 
kapital etishmaydi. 
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil 
hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina 
ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan 
ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo‘lgan mamlakatlar aynan 
ushbu yo‘nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish va 
chorvachilik bilan shug‘ullanadigan mamlakatlarda ko‘proq yer resurslari kerak 
bo‘ladi va ular shu yo‘nalishga ixtisoslashgan bo‘ladilar. 
Xeksher–Olin konsepsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda 
«Leontev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. V.Leontev AQSh kapital 
ortiqcha bo‘lgan mamlakat bo‘lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan 
emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko‘rsatib berdi. Ya’ni 
Xeksher-Olin konsepsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi 
tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko‘ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy 
ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarilishida aynan shu omillar 
ko‘proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo‘lib chiqdi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling