O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
Qisqа хulosаlаr Xalqaro savdo ikki muhim obyektiv sabab - tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o‘rtasida bir tekis taqsimlanmaganligi hamda mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlarining bir xil rivojlanmaganligiga ko‘ra paydo bo‘lgan. Xalqaro savdoga mahsulotlarni ayirboshlash, xizmatlarni ayirboshlash va yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash kiritiladi. Bu ayrboshlashlarning barcha ko‘rinishi tashqi savdo operatsiyalari - eksport va import operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Xalqaro savdo nazariyasining klassik ko‘rinishlari A. Smitning «Mutloq ustunlik» va D. Rikardoning «Nisbiy ustunlik» nazariyalaridir. D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi mutlaq ustunlikka ega bo‘lmagan mamlakatlar ham tashqi savdodan foyda ko‘rishi mumkinligini asoslab beradi. Xeksher-Olinning neoklassik konsepsiyasi «Nisbiy ustunlik» nazariyasini omillar bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan izohlab berdi. Erkin savdo yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf qilish resurslarni samarali taqsimlanishga yo‘l ochib, provardida barcha mamlakatlar uchun iqtisodiy yutuq olib kelishi savdo nazariyalarida isbotlab berilgan. 403 Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Xalqaro savdoni rivojlantirishning obyektiv va sub’ektiv sabablari nimalardan iborat? 2. Xalqaro savdoning shakllari va ular hajmini belgilovchi omillarni tushuntirib bering. 2. A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasi kamchiligi nimada ko‘rinadi? 3. «Nisbiy ustunlik» nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering. 4. Savdo sharoitlari tushunchanchasini izohlab bering. Savdo sharoitining yaxshilanishi qanday oqibatlarga olib keladi? 5. Xeksher-Olinning neoklassik konsepsiyasini izohlab bering. 6. “Leontev taajubi” qaysi sababli yuzaga keldi va qanday echim topti? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling