O‘zbеkiston rеspublikаsi


Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

33.3. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi 
D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasini yanada mulohaza 
qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab 
berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik 
nazariyani boshi berk ko‘chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab 


398 
chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko‘proq ustunlikka ega bo‘lgan yoxud 
kamroq zaiflikka ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo 
ko‘proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o‘zi ixtisoslashgan mahsulotlarni 
ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy 
ustunlik nazariyasi”da o‘z echimiga ega bo‘ldi. 
Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab 
chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo‘lsin. Shuni hisobga olgan holda 
D.Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasini qo‘llaymiz: 
33.1-jadval 
Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat sarfi 
Movut(bir dona) 
Vino(barrel) 
Portugaliya 
90 
80 
Angliya 
100 
120 
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi 
mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya’ni bir dona movut ishlab 
chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 
mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab 
chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo‘lga qo‘yish ko‘proq foyda 
olib kelishini ta’kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab 
chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun 
xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya’ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 
120 birlikda Angliyaga sotsa va o‘z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu 
birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
O‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega 
bo‘lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va 
movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo‘ladi. 
120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut. 
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni movut 
ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o‘rtasidagi farq vino ishlab 
chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish 
hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni 
Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o‘zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib 
olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug‘i: 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling