O‘zbеkiston rеspublikаsi


 Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

33.5. Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari 
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeksher- 
Olin konsepsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo‘yicha xalqaro 
savdo – ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasidan notekislik
texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning 
harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish omillari 
narxlari tenglashadi. 
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson 
hamda V.Stolperlar tomonidan to‘ldirilgan savdo konsepsiyasiga nafaqat 
mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro foydali savdoni yo‘lga qo‘yish, balki mamlakatlar 
rivojlanishi o‘rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi 
Shuningdek M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy 
ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan kimmat 
turadigan mamlakatlarda ilg‘or texnologiyaga asoslangan mehnattalab mahsulot 
ishlab chiqarish baribir daromadli bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, 
mehnattalab sintetik gazlamalarni dastlab fakat ilmiy-gexnikaviy salohiyati yuqori 
bo‘lgan mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So‘ngra, bu 
texnologiyani o‘zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik gazlamalarni ishlab 
chiqarish ishchi kuchi arzon bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga xam ko‘cha 
boshladi. Buning natijasida G‘arb ilmiy-texnikaviy omil tufayli o‘zi ega bo‘lgan 
nisbiy ustunlikni qullay boshladi. 


402 
M. Porterga o‘z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firmalarining 
raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo‘ladi: 
1.Asosiy omillar: 
-zarur sifatga ega va etarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig 
mavjud bo‘lishi; 
-mamlakat ichida 
mazkur tarmoq mahsulotiga bo‘lgan talabning 
xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari; 
-mamlakatda ushbu tarmoqqa yo‘ldosh va uni ta’minlab turuvchi, jahon 
bozorida raqobatbardosh bo‘lgan tarmoqlarning mavjudligi; 
-firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri 
2.Qo‘shimcha omillar: 
-tasodifiy hodisalar; 
-tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash 
bo‘yicha hukumat faoliyati. 
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ichida 
qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini 
rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar 
berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet 
mamlakatlardagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning 
raqobat ustunliklarini oshirishga xizmat qiladi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling