Mavzu: Global bozorda biznes yuritish reja: kirish asosiy qism


Download 52.31 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi52.31 Kb.
#1554055
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Safarov Muhammadbek Biznesga kirish fani 003 20032003212122000


Mavzu: Global bozorda biznes yuritish
REJA:



  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

2.1 Xalqaro bozorda firma strategiyalarining turlari va xususiyatlari
2.2 Jahon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda ustunlik
2.3 O‘zbekistonda biznes yuritish uchun eng qulay sharoit yaratiladi

  1. XULLOSA

  2. ILOVA VA FOYDANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
So‘nggi yillarda mamlakatimizda biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlarini mustahkamlash, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning ko‘lami va samaradorligi nafaqat mamlakatimizdagi investitsion faollikning ortishi bilan, balki nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan berilayotgan munosib baho bilan ham o‘z isbotini topmoqda.
Xususan, so‘nggi 5 yil davomida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingi 2 baravardan ortiq yaxshilanib, mamlakatimiz jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012-yildagi 166-o‘rindan 2017-yilda 74-o‘ringa ko‘tarildi. Bundan tashqari, so‘nggi hisobotda mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko‘rsatkichi bo‘yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi o‘ntaligidan joy oldi.
Shu bilan birga, O‘zbekistondagi biznes yuritish uchun mavjud shart-sharoitlar xalqaro normalar va standartlar talablariga hanuzgacha to‘liq javob bermaydi. Ayrim davlat organlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida e’lon qilingan islohotlarning amaldagi ijrosini yetarli darajada ta’minlamayapti.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatining aniq muvofiqlashtirib borilmasligi, shuningdek, ular rahbarlari javobgarligining past darajadaligi sababli ayrim sohalarda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amaliyotda ro‘yobga chiqarish ustuvor vazifalar va islohotlarning o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlarini e’tiborga olmasdan amalga oshirilmoqda hamda barcha hollarda ham kutilgan samarani bermayapti.



Download 52.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling