Mavzu: Global bozorda biznes yuritish reja: kirish asosiy qism


Qoldiq biznes strategiyalari


Download 52.31 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi52.31 Kb.
#1554055
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Safarov Muhammadbek Biznesga kirish fani 003 20032003212122000

Qoldiq biznes strategiyalari
• Ketna-ketlik strategiyasi – kompaniya bankrot bo’lmasligi uchun va foydasini saqlab qolish uchun majburiy chora sifatida chet el bozorlariga kirib va egallab boradi.
Jon saqlash strategiyasi – bir kunli strategiya hisoblanib, kompaniya kelgusidagi oqibatlarni hisobga olmaydi.
Marketing xarakatlari bo’yicha strategiyalar
• Intensiv kirib borish strategiyasi – bozorning sig’imi unchalik katta bo’lmagan holda marketingga yuqori baho va harajatlar sarflanadi.
• Keng kirib borish strategiyasi – bozor sig’imi yuqori bo’lgan holda marketingga past baho va katta harajat qiladi.
•Tanlab kirib borish strategiyasi - bozor sig’imi unchalik katta emas, yuqori baho va marketingga past harajatlar sarflanadi.
• Passiv kirib borish strategiyasi - bozor sig’imi katta, past baho, marketingga past harajatlar sarflanadi.
Xorij bozorlaridan chiqib ketish strategiyalari
• Chekinish strategiyasi – biznesni tez tugatish, yoki operatsiyalarni asta-sekin to’xtatib, bozordan chiqib ketish.
• Divestitsiya strategiyasi – davlatdan kapitalni olib chiqib ketish, korxonani yopish, chet elda o’z ulushini sotish.
Chet eldagi milliy firmalar tashqi bozorga chiqishda turli strategiyalardan foydalanishi mumkin. Amerikalik kompaniyalar tashqi bozorni kengaytirish maqsadida yangi tovarlarni kiritishga harakat qiladilar. Evropa strategiyalari himoyaviy bo’lib, avval egallab olingan yoki bu bozorlar bilan uzviy bog’liq bozorlarga kirib borishni afzal ko’radilar. Yaponiya kompaniyalari kam xarajatli assortimenti cheklangan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi katta bo’lgan strategiyalarni afzal ko’radilar. Bu esa ularga sotuv hajmini o’stirishda asosiy raqobat vositasi sifatida narxdan foydalanish imkonini beradi.
Xalqaro marketing sohasida faoliyatning kengayishi, jumladan, xalqaro bozorga chiqishdagi strategiyalar natijasida raqobatchilik global miqyosda o’sib bormoqda. Shu munosabat bilan aviatsiya sanoati, kemasozlik, elektron vositalar va elektr qurilmalari ishlab chiqarish sohasidagi yirik firmalar global marketingni qo’llamoqdalar.

Download 52.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling