Mavzu: Global bozorda biznes yuritish reja: kirish asosiy qism


JAHON BOZORINING AHAMIYATI VA QIYOSIY USTUNLIK HAMDA GLOBAL SAVDODA USTUNLIK


Download 52.31 Kb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi52.31 Kb.
#1554055
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Safarov Muhammadbek Biznesga kirish fani 003 20032003212122000

JAHON BOZORINING AHAMIYATI VA QIYOSIY USTUNLIK HAMDA GLOBAL SAVDODA USTUNLIK
Jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi tizim, tor ma’noda iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizim, deb ta’rif berish mumkin. Amaliyotda keng ma’nodagi ta’rif ko‘proq qo‘llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz. Shu bilan birga sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‘jalik aloqalari yuzlab milliy xo‘jaliklarni «jahon iqtisodiyoti» deb ataladigan bir tizimga birlashtirishini e’tiborga olish lozim. Shu sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar o‘zaro bog‘liqdir.
Jahon iqtisodiyoti tushunchasidan «xalqaro iqtisodiyot» tushunchasini farqlash lozim. Xalqaro iqtisodiyot, deganda jahon iqtisodiyoti emas, balki xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi tushuniladi.
A.Smit iqtisodiy nazariyaga birinchi bo‘lib «mutlaq afzallik» tushunchasini kiritdi. Mutlaq afzallik — mamlakatlar mutlaq afzallikka ega bo‘lgan (tannarxi pastroq bo‘lgan) tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni eksport qiladi, boshqa tovarlarni (boshqa mamlakatlar mutlaq afzallikka ega tovarlarni) esa import qiladi. A.Smit, D.Rikardo va Dj.S.Mill nazariyalarida xalqaro savdoda mamlakatning o‘rnini aniqlash uchun faqat bitta ishlab chiqarish omili bor, deb faraz qilingan. Bu nazariyalarda mamlakatning xalqaro savdoda egallashi mumkin bo‘lgan o‘rni ulardagi mehnat unumdorligi bilan belgilangan. Shu sababli ushbu olimlarning ilmiy ishlarini davom ettirganlar xalqaro savdoni bir nechta ishlab chiqarish omili mavjudligida tahlil qilishga harakat qilishgan.
Shved iqtisodchilari E.Xeksher va B.Olin o‘z tahlillarida ishlab chiqarishning ikki omilini — kapital va mehnat omilini ko‘rib chiqdilar. Ularning ta’kidlashicha, ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra mamlakatlarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Mehnat omiliga boy mamlakatlar - bu mamlakatlarda mehnat resurslari ko‘p va arzon bo‘ladi. Ularga misol qilib Xitoy va O‘zbekiston kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.
2. Kapital omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda kapital katta hajmlarda jamlangan bo‘ladi, ammo mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi pastroq bo‘ladi. Shu sababli bumamlakatlarda real ish haqi darajasi yuqori bo‘ladi. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda mehnat resurslarining kapital bilanta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘ladi. Ularga misol tariqasida AQSh va Germaniya kabi mamlakatlarni keltirish mumkin. Bundan tashqari, tovarlarini ham ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1. Mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda kapitaldan ko‘ra mehnat resurslari ko‘proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol qilib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini keltirish mumkin.
2. Kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan ko‘ra kapital ko‘proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol qilib qayta ishlash sanoati mahsulotlarini keltirish mumkin.
Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi — mamlakat qaysi ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, shu omilni nisbatan ko‘proq talab qiluvchi tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak.
Demak, Xeksher-Olin nazariyasiga binoan AQSh bilan Xitoy o‘zaro savdo aloqalariga kirishsa, AQSh kapital omiliga boy mamlakat sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini eksport qiladi va Xitoydan mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qiladi. Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi ko‘p marotaba katta hajmdagi statistik ma’lumotlar asosida turli mamlakatlarga taalluqli tovar va ishlab chiqarish omillari bo‘yicha empirik sinovlardan o‘tdi. Ushbu sinovlardan eng mashhurini AQShda 1953-yilda V.Leontev o‘tkazdi.
V.Leontev bir qancha empirik sinovlar o‘tkazish yo‘li bilan Xeksher-Olin tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaning shartlari amaliyotda qo‘llanilmasligini isbotladi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQShni boshqa mamlakatlar bilan qiyosiy taqqoslanganda, o‘rtacha ish haqi darajasi eng yuqori mamlakat va kapitalga boy davlatlardan sanalardi. Shu sababli mamlakat Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, kapital sig‘imkorligi yuqori mahsulotlarni eksport qilishi lozim edi. V.Leontev ushbu gipotezani tekshirish maqsadida 1 mln dollarlik eksport va shuncha miqdordagi import mahsulotlariga raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish uchun qancha kapital va ishchi kuchi sarf etilishini hisoblab chiqdi. U har bir ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha tovar birligi uchun sarf etiladigan kapital va mehnatni hisobladi. Bunda u faqatgina avtomashina kabi tayyor mahsulotlar bilan chegaralanib qolmay, balki yarim tayyor mahsulotlar (rezina, po‘lat, oyna kabilar) uchun ketadigan kapital va ishchi kuchi sarflarini ham hisoblab chiqdi.
V.Leontev Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq Amerika eksport tovarlari importning o‘rnini bosa oladigan tovarlarga qaraganda ko‘proq kapital talab etilishini kutgan edi. Ammo kutilgan natija aksincha bo‘lib chiqdi: Amerika importining kapital sig‘imkorligi eksportga nisbatan 30% ga yuqori ekan, demak, AQSh kutilganidek kapitalga boy mamlakat emas, balki aksincha, mehnatga boy mamlakat ekanligi kelib chiqmoqda. Natijada Xeksher-Olin nazariyasining asosiy g‘oyalari amaliyotda umuman tasdiqlanmadi.
Leontev modeli asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblar Xeksher-Olin nazariyasini inkor etganligi uchun ushbu tadqiqotlar natijasi iqtisodchi olimlar tomonidan «Leontev paradoksi» deb nomlandi.
Leontev paradoksi — Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmagan: mehnat resursiga boy mamlakatlar kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni eksport qiladi, kapitalga boy mamlakatlar esa mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni eksport qiladi, degan g‘oyaga asoslangan.
Keyinchalik Leontev paradoksi atrofida qizg‘in tortishuvlar boshlanib ketdi. Tortishuvlar Xeksher-Olin nazariyasining to‘g‘riligini isbotlashga qaratildi.
Ishchi kuchini malakali va malakasiz ishchilar guruhiga bo‘lish hamda har bir guruhning eksport tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlaridagi ulushini hisoblash zarur. Amerikalik olim D.Kising 1966-yilda nashr etgan ilmiy tadqiqotlarida ishchi kuchini malakasiga ko‘ra 8 xil kategoriyaga bo‘ladi.
Shu orqali AQShda yuqori malakali ishchilarning ortiqchaligi va malakasiz ishchilarning esa yetishmasligini isbotladi. Shuning uchun AQSh yuqori malakali ishchilar mehnatini talab etuvchi mahsulotlarni eksport qiladi. Malakali kadrlarni tayyorlashga ketadigan xarajatlarni kapital sarflar sifatida baholash mumkin deydi.
Bu esa malakali ishchilar yordamida ishlab chiqarilgan tovarlarning kapital sig‘imkorligi yuqori deb hisoblashga asos bo‘ladi.
AQSh importida qazib chiqarish sanoati mahsulotlarining ulushi yuqoridir. Bu mahsulotlarni qazib chiqarish katta miqdordagi kapital xarajatlarni talab qiladi. O‘z navbatida, ushbu mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarda keng foydalaniladi va shu sababli AQShning eksport tarmoqlarida ham kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘ladi, deb hisoblash mumkin. Amerikalik olim Dj.Xartigen V.Leontev hisob-kitoblarini o‘sha davr uchun takrorladi va kapital ko‘p talab qiluvchi xomashyoga bog‘liq tarmoqlarni e’tiborga olmadi. Natijada paradoks yo‘qoldi va Xeksher-Olin nazariyasi o‘z isbotini topdi.
V.Leontev o‘z tadqiqotlarida AQSh hukumatining milliy xo‘jalik tarmoqlarini tashqi raqobatdan himoya qilishga yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatini e’tiborga olmagan. 1971-yilda amerikalik olim R.Beldvi tomonidan amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblarda tashqi savdo siyosati xususiyatlari inobatga olingan va V.Leontev paradoksining samarasini 5% ga qisqartirishga erishilgan.
V.Leontev tadqiqotlarida AQSh aholisining didi-atvori inobatga olinmagan. Amerikaliklar kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni yaxshi ko‘rishadi va o‘zlarida ko‘p bo‘lishiga qaramasdan xorijdan bunday tovarlarni sotib olishadi. Aholi xohishi, didining xalqaro savdoga ta’siri Xeksher-Olin nazariyasida o‘rganilmagan va
shu sababli bunday sharoitda xalqaro savdoni boshqa modellar orqali o‘rganish zarur.
Ba’zi tovarlarni ishlab chiqarishda omillarning bir-birining o‘rnini bosish darajasi yuqori bo‘ladi. Bunday sharoitda bitta tovarni ishlab chiqarish kapitalga boy mamlakatlarda ko‘proq kapital talab qilishiga, mehnat resurslariga boy mamlakatlarda esa ko‘proq mehnat resurslarini talab qilishiga olib keladi.
Masalan, AQShda sholi etishtirish ilg‘or texnologiya yordamida amalga oshirilganligi bois, bu tovar AQShda kapital sig‘imkorligi yuqori tovarlar guruhiga kiradi, Vetnamda esa sholi ishlab chiqarish asosan mehnat resurslaridan foydalanishga asoslanganligi uchun sholi yuqori mehnat sig‘imkorligiga ega bo‘ladi.
Chunki Vetnamda sholi asosan qo‘l mehnati yordamida yetishtiriladi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda mamlakatlar bir-birlariga nisbatan tashqi savdoni erkinlashtirish siyosatiga o‘ta boshlashdi — xuddi Napoleon urushlaridan keyingi davrda globalizatsiyaning birinchi to‘lqini vujudga kelgandek. Xususan, tadqiqotlarga ko‘ra, Napoleon urushlaridan keyingi davrda transport xarajatlari va tashqi savdoga nisbatan siyosiy cheklovlarning barqaror qisqarib borishi resurslar va tovarlarning erkin harakatiga zamin yaratgan. Keyinroq, Birinchi jahon urushigacha davom etgan mazkur integratsiyalashuv jarayonlari tarixda globalizatsiyaning birinchi to‘lqini sifatida e’tirof etilgan.
Mutaxassislar orasida tashqi savdoning erkinlashtirilishi mamlakatlar o‘rtasida turli mojaro va urushlar yuzaga kelishi ehtimolini kamaytiradi hamda mamlakatlar o‘z qiyosiy ustunliklaridan foydalangan holda, mavjud salohiyatini yuzaga chiqarishiga imkon yaratadi va, pirovardida, farovonlikning oshishi va iqtisodiy o‘sishning tezlashishiga xizmat qiladi, degan qarashlar mavjud. Shu nuqtai nazardan, Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda dunyo miqyosidagi jadal o‘sish sur’atlari yuqoridagi qarashlarning isboti, deyish mumkin.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish istagini bildirgan hamda 1994 yilda tashkilotga kirish maqsadida ariza topshirgan. Biroq, oradan shuncha yillar o‘tishiga qaramasdan, haligacha mazkur tashkilotga a’zo bo‘lib kirmagan. 2017 yildan keyingi davrda tashkilotga qo‘shilish masalasi yana kun tartibiga qaytdi, ayni paytda a’zo bo‘lish istagi kuchaygan, bu boradagi sa’y-harakatlar jonlangandek tasavvur uyg‘ota boshladi.
XX asrning oxiriga kelib — 1995 yilda, salkam o‘n yil davom etgan muzokaralardan so‘ng, davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini tartibga solish, xalqaro savdoning bir ma’romda va imkon qadar erkin amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul xalqaro tashkilot — Jahon savdo tashkilotiga asos solindi.

Hozirgi kunda dunyoning 164 ta davlat Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo. Global savdo hamda dunyo YAIMining qariyb 98 foizi aynan JSTga a’zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, JST a’zo davlatlar orasida bo‘ladigan savdo aloqalarini tartibga soluvchi va xalqaro savdoning imkon qadar erkinlashishiga xizmat qiluvchi tashkilot hisoblanadi.


Tashkilotga a’zo bo‘lish O‘zbekistonda tashqi savdoga nisbatan to‘siqlarning hozirgi darajadan pasayishiga olib keladi, ayni paytda dunyo mamlakatlariga integratsiyani kuchaytiradi. Albatta tashqi savdoga nisbatan to‘siqlarning qay darajada qisqarishi a’zo davlatlar bilan bo‘ladigan muzokaralar davomida kelishiladi. Bunda asosiy savdo hamkorlarimiz (Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va boshqalar) bilan bo‘ladigan muzokaralar hal qiluvchi muzokaralar hisoblanadi. Umuman olganda, tashkilotga a’zo bo‘lish O‘zbekiston tashqi savdosining hozirgiga nisbatan erkinroq bo‘lishiga zamin yaratadi.
Davlatlar orasida integratsiyalashuv jarayonlari kuchayib borishi bilan mintaqaviy integratsion tashkilotlar ham rivojlana boshladi. Xususan, Yevropa Ittifoqi bunday tashkilotlarning eng birinchilaridan hisoblanadi. Mintaqaviy integratsion tashkilotlar turli jihatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Birinchi navbatda, integratsiya jarayonlarining turli bosqichlari mavjud bo‘lib, hozirgi kunda integratsion tashkilotlar o‘rtasidagi farqni keltirib chiqaruvchi asosiy omil ham aynan tashkilotning qaysi bosqichda ekanligi hisoblanadi. Masalan, Yevro hudud hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bir-biridan farq qiladi. Yevro hudud — valyuta ittifoq bo‘lsa, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) — bojxona hududi hisoblanadi (ayrim manbalarda YeOII umumiy bozorga o‘tish bosqichida, deb ham e’tirof etiladi)

O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi uning tashqi savdoda uchinchi davlatlarga nisbatan tashkilotga a’zo boshqa davlatlar bilan bir xil darajada boj yoki to‘siqlarni qo‘llashini anglatadi. Boshqacha aytganda, a’zo mamlakatlar orasida bojxona rejimi deyarli butunlay yo‘qoladi (istisno holatlar mavjud) hamda mamlakatlarning bojxona chegarasi a’zo davlatlar chegarasida shakllanadi. Masalan, muayyan tovar Rossiya bojxonasidan 5 foizlik boj to‘lovi bilan mamlakatga kirib kelsa, demak, boshqa a’zo davlatlar tomonidan shu tovarga nisbatan aynan shu darajadagi boj stavkasi qo‘llaniladi (a’zo mamlakatlar orasida esa savdoga to‘siqlar deyarli mavjud bo‘lmaydi).

Yuqorida keltirilgan fikrlardan anglab olish qiyin emaski, mamlakatimizning YeOIIga kirishi tashkilotga a’zo davlatlar bilan bir xil bojxona rejimiga o‘tishimizni anglatadi. Hozirgi kunda MDH mamlakatlari orasida erkin savdo shartnomasi ham mavjud.. Ya’ni MDH mamlakatlari bilan savdo aloqalarimiz erkin savdo munosabatlariga asoslangan. Shunga qaramay, boshqa — uchinchi davlatlarga nisbatan tashqi savdo siyosatimizni mustaqil tanlay olamiz. YeOIIga kirishimiz esa savdo siyosatimiz mustaqil emas, balki tashkilotga a’zo davlatlar bilan kollektiv ravishda tashkil qilinishini anglatadi.


Tashkilotning boshqa davlatlarga nisbatan bojlar darajasi bilan mamlakatimiz qo‘llaydigan bojlar darajasiga e’tibor qaratsak, ko‘rishimiz mumkinki, tashkilotga a’zo bo‘lishimiz O‘zbekistondagi o‘rtacha bojlar darajasini taxminan 2−2,5 barobar pasayishiga sabab bo‘ladi. Bunda a’zo davlatlar bilan savdo hozirgi darajadan keskin erkinlashmaydi, sababi bu davlatlar bilan hozirgi kungacha ham savdo munosabatlarida nisbatan erkin savdo rejimi amal qiladi. Ammo, uchinchi davlatlar — tashkilotga a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan savdo, hozirgi bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada erkinlashadi.

YeOIIga a’zo bo‘lishimiz JSTga a’zo bo‘lishimizni orqaga suradimi?


Nazariy jihatdan olib qaralganda, bu ikki tashkilotning biriga a’zo bo‘lishimiz ikkinchisiga a’zo bo‘lishga to‘sqinlik qilmaydi (aslida osonlashtirishi ham kerak). Har ikki tashkilotga a’zo bo‘lish ham savdoning erkinlashishiga sabab bo‘ladi. YeOIIga a’zo 5 ta davlatning 4 tasi JSTga a’zo hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ittifoqning tashqi savdo siyosati JSTning talablariga juda yaqin. Lekin, bu tashkilotlarning qay biriga birinchi qo‘shilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda bir nechta davlatlar bilan, xususan, Janubiy Koreya bilan erkin savdo shartnomasi tuzish harakatlari amalga oshirilmoqda. Ittifoqqa a’zo bo‘lishimiz esa bunday jarayonlarni qiyinlashtiradi. Chunki ittifoqqa a’zo bo‘lishimiz muayyan davlatning (masalan, Janubiy Koreya) O‘zbekiston bilan erkin savdo shartnomasini imzolashi, ittifoqdagi barcha davlatlar bilan erkin savdo shartnomasining amal qilishini anglatadi. Chunki ittifoq hududida bir xil darajadagi bojxona rejimi amal qiladi. Bunday sharoitda barcha davlatlar chegaralarida savdoga nisbatan bir xil darajadagi to‘siqlar amal qilishi talab etiladi. Aks holda, ittifoq amalda ishlamayotgan hisoblanadi (albatta, istisno holatlar mavjud).

Masalan, JSTga birinchi a’zo bo‘lish O‘zbekistonga ko‘proq imkoniyatlar taqdim etishi mumkin. Chunki YeOII tomonidan qo‘llaniladigan aksariyat bojlar mamlakatimizdagi bojlar darajasidan pastroq bo‘lishiga qaramasdan, ba’zi tovarlar uchun (masalan, sut) mamlakatimizdagi bojlar darajasi YeOII bilan taqqoslaganda pastroq. Ya’ni JSTga birinchi a’zo bo‘lish orqali bunday turdagi tovarlar uchun savdo siyosatimizni mustaqilroq saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lamiz (yoki umumiy ittifoq uchun bu tovarlarga bo‘lgan bojlarni pasaytirish talabini qo‘yishimiz mumkin). YeOIIga birinchi a’zo bo‘lishimiz esa tashqi savdo siyosatimizni ittifoq «qo‘liga topshirish» demakdir, bu esa yuqorida keltirilgan tovarlar uchun chegaradagi to‘siqlar darajasi o‘z-o‘zidan oshishini anglatadi.


Yuqoridagi holatlardan tashqari, hozirgi beqarorliklarning iqtisodiyotga ta’sirini to‘g‘ri baholash ham muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi ziddiyat siyosiy voqeliklar iqtisodiyotga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga yaqqol misoldir. Xususan, Rossiyaning Ukraina suveren hududiga bostirib kirishi ortidan ko‘plab davlatlar tomonidan Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar joriy qilindi. Bunday holat nafaqat Rossiya iqtisodiyotiga, balki ittifoqqa a’zo boshqa davlatlar iqtisodiyotiga ham jiddiy ta’sir qilishi tabiiy. Birgina makroqitisodiy barqarorlik nuqtai nazaridan qaralganda, 24 fevraldan mart oyining birinchi 10 kunligigacha bo‘lgan davrda Rossiya milliy valyutasi bilan bir qatorda ittifoqqa a’zo boshqa davlatlar valyutalarining ham jiddiy qadrsizlanishi kuzatildi. O‘zbekiston esa Rossiyaga iqtisodiy jihatdan kuchli bog‘langan bo‘lishiga qaramasdan, milliy valyutamizning dollarga nisbatan qadrsizlanishi boshqa — ittifoqqa a’zo davlatlar bilan taqqoslaganda ancha yumshoq bo‘ldi. Uzoqroq istiqbolda ham ittifoqqa a’zo davlatlar Rossiya iqtisodiyoti pasayishidan a’zo bo‘lmagan davlatlarga nisbatan ko‘proq zarar ko‘rishi shubhasiz.
Bundan tashqari, hozirgi kunda Rossiya iqtisodiyoti rekord darajadagi savdo profitsitini qayd etishi kutilmoqda. Bu holat bir jihatdan narxi oshib borayotgan energiya resurslaridan tushadigan daromadning oshishi bilan izohlanadi. Ya’ni Yevropa mamlakatlari Rossiyadan keladigan energiya resurslariga juda qattiq bog‘langan hamda urush bo‘lishiga qaramasdan bu resurslarni sotib olishdan (hozircha) voz kechayotgani yo‘q.
Ikkinchi tomondan, hozirgi kunda Rossiya import qilishda turli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ta’kidlash joizki, nafaqat Rossiyaga qarshi chiqayotgan davlatlardan, balki betaraf hamda Rossiya tomonida bo‘lgan davlatlardan ham import hajmining keskin qisqarishi kuzatilmoqda. Xususan, mart oyida Rossiyaning Yaponiya, Koreya, Tayvan va kollektiv G‘arb (aniqrog‘i, Ukrainadagi urushga qarshi) mamlakatlaridan importi 53 foizga qisqargan bo‘lsa, betaraf hamda Rossiya tomonida bo‘lgan davlatlardan (Xitoyni qo‘shib hisoblaganda) import hajmi 45 foizga pasaygan.

Bunday holat qaysidir ma’noda Rossiya bilan bitta ittifoqda bo‘lgan davlatlarga tashqi savdo imkoniyatlarini taqdim etishi ham mumkin. Ya’ni Rossiyaning G‘arb bilan aloqarining yomonlashuvi natijasida Rossiya bilan ittifoqdosh mamlakatlar mamlakatdagi qisqargan import o‘rnini to‘ldirish hisobiga o‘z eskportini oshirishi mumkin bo‘ladi.


O‘Zbekistonda Biznes Yuritish Uchun Eng Qulay Sharoit Yaratiladi
Mamlakatimizda o‘tgan vaqt mobaynida biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko‘rsatkichini yaxshilash bo‘yicha qator qarorlar qabul qilinib, bu borada yaxshi natijalarga erishilgani jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmoqda. Keyingi besh yil ichida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekistonning reytingi 2 baravardan ortiq yaxshilanib, jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012 yildagi 166-o‘rindan 2017 yilda
74-o‘ringa ko‘tarilgani, biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko‘rsatkichi bo‘yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi o‘ntaligidan joy olgani bejiz emas.
Biroq taraqqiyot, rivojlanish deganlari hech qachon bir joyda depsinib, to‘xtab turishni xush ko‘rmaydi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan davlat yuksalishdan ortda qoladi. Uloqni esa o‘zgalar ilib ketadi.
Ayni hayot haqiqatidan kelib chiqib, mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yuzaga keltirish, biznes yuritish uchun mavjud xalqaro normalar va standartlar talablariga mos faoliyatni amalga oshirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun maqbul sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 13 iyulda qabul qilingan “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi yana bir muhim qadam sifatida sohada kuzatilayotgan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda O‘zbekistonning reytingini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Qarorda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar aniq belgilab berildi. Xususan, investitsiya muhitini yaxshilash sohasida olib borilayotgan islohotlarning strategik maqsadi — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun mamlakatda 2022 yilgacha Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan.
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tegishli organlarga “Biznes yuritish” hisobotlarini tanqidiy o‘rganib borish va har yili 1 dekabrga qadar “Biznes yuritish” hisobotida respublikaning alohida ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida ishbilarmonlik muhiti hamda qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqqa kiritish vazifasi yuklatildi. Bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish va Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish vazifasi Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga yuklatilib, mazkur organ shu soha bo‘yicha vakolatli organ deb hisoblanishi belgilandi.
Bundan tashqari, agentlikka “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, amalga oshiriladigan tadbirlar va loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik ko‘magi, grantlari hamda kreditlarini jalb etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, “Biznes yuritish” hisoboti yo‘nalishlari yuzasidan qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy qilinishi natijalari va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tadbirkorlar orasida so‘rov o‘tkazish orqali aniqlab borish vazifasi qo‘yildi.
Umuman aytganda, davlatimiz rahbarining qarorida belgilab berilgan vazifalarning to‘laqonli ado etilishi mamlakatimiz taraqqiyotida yuksalishga erishishga xizmat qiladi.
Xo‘sh, bu borada parlamentning o‘rni hamda ishtiroki nimalardan iborat bo‘ladi? Albatta, mazkur dolzarb vazifalarni amalga oshirishda parlament a’zolaridan keng jamoatchilik va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida amaldagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, ularda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay, shaffof, sodda tartib-taomillar aks etishini ta’minlash talab qilinadi.
Bu esa, o‘z navbatida, yurtimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga, biznes yuritish uchun sharoitlarning yanada yaxshilanishiga, xorijiy investitsiyalarni jalb etishda jozibali hamda ishonchli muhitni yaratishda hal qiluvchi omil bo‘lishi shubhasiz.
O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha so‘nggi yilda qabul qilingan chora-tadbirlar samaradorligini Jahon bankining “Biznesni yuritish” (Doing Business) xalqaro hisobotining so‘nggi nashri ham tasdiqladi.
Joriy yilning 31-oktabrida e’lon qilingan “Biznesni yuritish 2018: ish o‘rinlari yaratish uchun islohotlar” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 190 davlati ichida 74-o‘rinni egallab, o‘tgan yildagi mavqeini biryo‘la 13 pog‘onaga yaxshiladi. Qolaversa, mamlakat biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha islohotchi davlatlar o‘nligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Hisobotdagi 10 ta indikatorning 6 tasi bo‘yicha sezilarli o‘sishning qayd etilganligi ham ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘lami va natijadorligidan darak bermoqda.
Xususan, O‘zbekiston korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish (11-o‘rin), elektr tarmoqlariga ulanish (27), shartnomalar ijrosini ta’minlash (39), kreditlash tizimi (55), minoritar investorlar himoyasi (62), mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish (73) va soliqqa tortish (78) yo‘nalishlari bo‘yicha jahonning birinchi 100 mamlakati qatoridan joy oldi.
“Biznesni yuritish 2018: ish o‘rinlari yaratish uchun islohotlar” hisoboti Jahon banki guruhi yillik nashrining 15-soni hisoblanib, unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi tartibga solish normalari baholab boriladi.
Tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha jahon reytingini Yangi Zelandiya boshqarmoqda. Shuningdek, kuchli beshlikdan Singapur, Daniya, Janubiy Koreya va Gonkong o‘rin olgan.
Marnlakatimizning agrar sektorida bozor munosabatlarini shakllantirish va uning nazariy jihatlarini o‘rganish orqali kichik biznesni rivojlantirishning iqtisodiy muammolarini hal etish muhim rol o‘ynaydi. Agrar sektomi isloh qilishda bozor munosabatlarini o ‘matish va mulkiy munosabatlarni tashkil etish, yer resurslaridan foydalanish, yerga qanday munosabatda bo‘lish O‘zbekiston Respublikasining «Yer to'g'risidagi kodeks» bilan tartihga solinadi. Yer o'z egasini topgandagina undan yaxshi foydalaniladi. Respublikamiz qishloq xo'jaligida tadbirkorlik shakllari oisa pudrati, fermer xo'jaligi, dehqon xo'jaligi faoliyat yuritib, qishloqda mulkchilik munosabatlari shakllandi. Agrar sektorda fermer xo'jaligini rivojlantirish ustivor vazifasi qilib belgilanib, fermerlik qishloq xo'jaligidagi asosiy ishiab chiqarish subyekliga aylanadi. Bundan tashqari, agrar tarmoqda kichik biznes va xususn tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganligini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 -yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2012- yilga mo'ljallangan eng muhim ustivor yo'naiishlarig:- bagishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida so'zlagan nutqidan ham ko'rish mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik Iqtisodiyotning tez o'zgarib turadigan bozor talablariga javob berishni ta’minlaydigan zamonoviy tuzilmalarni shakllantiradigan, yangi ish o'rinlarini tashkil qilishda vj aholi daromadini oshirish manbai bo'lib 2011-yilda yaipi chki mahsulotdagi ulushini 54 foizga yetkazdi. O'zbekistonda kichik biznes korxonalarini rivojlantirishning asosiy to'rtta ustivor yo'nalishlari ko'rsatib beridi. 1. Marnlakatimizning barcha mintaqalarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay muhit yaratish, kichik biznesga erkinlik berish, byurokratik tusiq va g'ovlarni bartaraf etish bo'yicha zarur chora-tadbirlami amalga oshirish; 307 2.Vazirlar Mahkamasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektiari faoliyatini tartibga soiadigan qonun hujjatlarini tanqidiy tahlil qilish vazifasi; 3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning kreditlar, xomashyo resursiari. shuningdek, davlat xaridlari tizimidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; 4. Kichik biznes eksport solohiyatini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, huquqiy, moliyaviy mexanizm va sharoitlarini tug‘dirib berish ko‘zda tutilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha Prezidentning 7- fcvral 2011-yildagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi qabul kilindi. Dasturda mulkdorlaming o'rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to'ldirish, yangi ish o'rinlari yaratish va shu asosda aholi daromadini ko'paytirish, mamlakat taraqqiyotida faol tizim sifatida rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratishdan iborat. Agrar sektorda kichik biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadi qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'paytirish uning sifatini oshirish, tovar assortimentini, vangi ish o'rinlarini ochish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishdan iborat. Hozirgi kunda qishloq joylarda ishlovchlami ish bilan band qilish. ulami daromad manbalari bilan ta’minlash asosiy muammo bo‘lib turi shining sababi yer va suv resurslarining cheklanganligi va ishlab chiqarish subyektlarida tadbirkorlikning yetarli darajada rivojlanmaganligidan dalolat beradi. Qishloq joylarida yirik sanoat komplekslarini barpo etish o'ta murakkab boLlib, kutilgan samara bermaydi. Shuning uchun agrar sektorda tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlami yaratish muhimdir. Hozirgi kunda Respublikada sug'oriladigan 4,3 million gektar yeming 49,6 foizi sho‘rlangan boiib, shundan 31,3 foizi kam, 15,0 foizi o'rtacha, 3,3 foizi kuchli darajada sho'rlangan. 23 foiz yerlarimizning bonitet bali pastligicha qolmoqda. Yerlaming meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha invesUtsiya mablag‘larini jalb etishga, joriy yilda kichik biznesni rivojlantirishga ajratilgan mablag‘lar hajmi 1,4 baroborga va 2 tirrilion 700 milliard so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiyotnmg strategik tannoqlarini modernizatsiya qilish. xususiy tadbirkorlik subyektlarini qoMlab-quvvatlash uchun 308 ko'plab investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, qishloqda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish infrastukturasini ustuvor rivojlantirish amalga oshiriladi. Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond)ning xususiy tadbirkorlarga va kichik biznesga kreditlar berish, shu jumladan, imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini mablag1 bilan ta’minlashni, ularning ustav sarmoyalarida ishtirok etishni, maslahat va axborot xizmatlari shaklida texnik yordam ko'rsatishni, sug'urta yo‘]i bilan himoyt qilish bo'yicha hududiy agentliklar tashkil etiladi. Bu agentliklar tadbirkorlik tavakkalchiliklarini imtiyozli shartlarda sug‘urta yo‘li bilan himoya qilgan, to'lanmagan qarzlar uchun qarzdorlarning javobgarligini sug'urta qilgan. xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yo'naltirilayotgan chet el investitsiyalari sug'urta yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlagan holda kichik va xususiy korxonalaming kreditlar, shu jumladan, imtiyozli kreditlar olishlari uchun investitsiya loyihalarini baholaydilar va ekspertizadan o‘tkazadilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlovchi boshqa fondlar, sug'urta muassasalari, bozor konyunkturasini o'rganishda, axborot-tahliliy matciiailairn tayyorlash va tarqatishda, korxonalami ro'yxaiga olishda yangidan tashkil ctilayotgan korxonalar ta’sis hujjatlarini tayyorlashda, yuridik va texnik maslahatlar berishda ko‘maklashadigan “Tadbirkorlar palatasi”, resurs la’minotida, mahsulotni sotishda v. transport xizmati ko‘rsatishda yordam beradigan, mahsuictrn saqlash, qayta ishlash va sotishni amalga oshiradigan, xususiy qo'yilmalarga asoslangan, ilg'or tcxnalogik asbob-uskunalar, xomashyo va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun butlovchi buyumlami sotib olish uchun mablag'larni birineh. navbatda maqsadi i ayirboshlash huquqiga ega boipu; agroinvcstitsiya fermalari tashkil etiladi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari hosili nobutgarchiligiga yo'l qo'ymaslik, uning tusivsiz qabul qilinishi, saqlanishi va keyinchaiik iste’mol tarmog'ida taqsimlanishini ta’minlash maqsadida kichik va xususiy ulgurji-vosituchilik tuziismUrh ixtisoslashgan bozorlar, ulgurji do'konlar, bazalar, saqlash joylari, 309 omborxonalar jadallik bilan rivojlantirilmoqda. Dehqon (fermer) xo'jaliklarini qishloq xo'jaligi ekinlarining yuqori nav urug'lari va ekish materiallari bilan o '/ vaqtida ta'minlash uchun qishloq joylarda urug‘ yetishtiriladigan hamda ulami sotadigan urug'chilik korxonalari tashkil etilmoqda. Qishloqdagi tadbirkorlarga tuzatishtiklash, agrokimyo, zoovctcrinariya va xizmatlarning boshqa lurlarini ko‘rsatadigan agroservis korxonalari tashkil etilmoqda. Chet el tajribasida kichik biznes va iadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga sol ish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki yaratiladigan yangi ish o'rinlarining soni oshishi hisobiga ishsizlik darajasini kamaytirish, aholi daromadlari va xalq farovonligini uzluksiz oshib borishi ko'p tomonlama ushbu sohani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi bilan bog'liqdir. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik biznes va tadbirkorlikni qishloqda jadal rivojlantirish tufayli, iqtisodiy o'sishga erishish, yangi ish o'rinlari tashkil qilish va yoshlarni ish bilan ta’minlash, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatida qaralmoqda. Aholi real daromadlarining o'sishi, ichki bozoming mahalliy ishiab chiqarilgan mahsulotlar bilan to'yinish darajasining yuksalishi, mahalliylashgan ishiab chiqarishlar va kichik tadbirkorlikning, shuningdek, aholiga xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishi Iqtisodiyotning iste’mol sektori nisbatan barqaror rivojlanishini, aholi real daromadlarining o'sishi va tovar aylanishi o'sishini rag'batlantirdi. Ayniqsa, mamlakal aholisming ko'pgina qismi yashaydigan qishloq joylarida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish aholi turmush darajasini oshirish nuqtai-nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Qishloqda bozor infratuzilmalarini amalda yangidan Ьафо etish, qishloq joylarida tadbirkorlikni, ishiab chiqarishni tashkil etish va rag'batlantirish va bu soham boshqarishda jahon tajnbalaridan foydalanishni sifat jihatdan mutlaqo yangicha tamoyillar asosida yo'lga qo'yilishi lozim. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlantirish: - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishiab chiqish; - kichik biznes subyektlari, kasanachilikni, shu jumladan oilaviy tadbirkorlikni iqtisodiy faoliyatlari uchun keng qulayliklar yaratish. -qishloq aholisi va tadbirkorlikning iqtisodiy, huquqiy bilimlarini oshirib borishda zamonaviy axborot va kommunikatsion texnologiyalar hamda internet tizimini keng joriy etish; tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirishning samarali boshqaruvini tashkil etish; - qishloqda bozor infratuzilmalari va xizmat turlarini Ьафо etish; kichik biznes subyektlarini texnik va texnalogik modemizatsiyalashga erishish; - mahsulotlaming yangi turlarini o‘zlashtirish va barqaror talabga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlar tayyorlaydigan kichik korxonalar tashkil etish; - Iqtisodiyot tarmoqlarining turli korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish; Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlaming yo‘nalishlari besh turdan iborat: 1. Yerdan foydalanish islohoti - 2004 yildan boshlab barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishiab chiqaruvchilari yer uchastkalaridan foydalanishning ijara shakliga o ‘tkazildi; yer uchastkalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga faqat tuman hokimi tomonidan ijaraga berilishi belgilab qo‘yildi; yer uchastkalari fermer xo‘jaliklariga ijaraga 30 yildan 50 yilgacha berilishi belgilab qo‘yildi; yer uchastkalaridan foydalanish huquqini meros qilib qoldirish tizimi joriy etildi; 0 ‘z mablag‘i hisobidan yer o'zlashtirishni iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi joriy etildi. 2. Suvdan foydalanish islohoti - Irrigatsiya tizinila-ini boshqarishning m a’muriy hududiy prinsipidan havza prinsipiga o‘tkazildi; Respublika bo'yicha 10 ta irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va 1 ta Farg‘ona vodiysi bo‘yicha birlashtirilgan dispetcherlik Markaziga ega bo‘lgan magistral kanallari tizimi boshqarmasi tashkil etildi; Fenner xo'jaliklariga xizmat ko'rsatish stfatini yaxshilash uchun Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari tashkil etish yo'lga qo'yildi. (SFLJlar 2010-yilda Suv iste ’molchilari uyushmalariga aylanthildi);Suv resurslaridan mukamraal foydalanishni ta'minlash uchun sohada bozor prinsiplariga o'tish ‘••clgilandi (Rcspuklikanusg barcha hududlarida tardab olingan ikkitadan SlUlardu bozor prinsiplarini joriy etish bo ‘yicha i ksperiment о ‘tazilmoqda). 3. Mulk islohoti - Qishloq xo'jaligida davlat muiki (qishloq xo'jaligida foydalanadigan vcrlar bundan mustasno) to ‘liq tugatiidi; Qishloq xo'jaligida xususiy mulk cgasi sifatida fenner xo'jaliklari shakllandi; Shirkat rnulki bo'lgan bog' va tokzorlar, chorva fermalari va mcllari, texnikalar va boshqa mol-mulklar xususiylashtirildi; Respublika bo'yicha 105 ta qorako'icnilikka ixtisoslashtirilgan xo'jaliklari shirkat xo'jaliklari sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. 4. M oliya-krcdit va soliq islohoti - Davlat ehtiyojiari uchun xarid qilinadigan rnahsuloflarni yetishtirishni moliyalashtirishda bo'naklash tizimidan imtiyozli kreditlash tizimiga o'tkazildi: Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini nodavlat jamg'armalar va kredit uyushmalari kabi tizimlardan moliyalashtirishni rivojlantirish belgilandi; Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yerlarni kadastr bahosini hisobga olgan holda yagona yer soiig'mi to'lash tizimiga o'tkazildi; Respublikada qishloq xo'jaligi texnika vositalarini lizingga berish tizimi joriy etildi; Fermer xo'jaliklari uchun boshlang'ich sannoya va kredit ajratish, shuningdek, nodavlat jamg'armalar tomonidan imtiyozli kredit ajratish tizimi yaratildi; yer ijarasi huquqini va bo'lg'usi hosilni garovga qo'yib ki'edit ajratish joriv qilindi. 5. Narx-navo islohoti - Davlat ehtiyoji uchun xarid qilinayotgan paxta xomashyosining narxi jahon bozoridagi narxdan kelib chiqqan holda belgilash tizimi joriy etildi; Davlat ehtiyoji uchun xarid qilinayotgan g'alla narxi mintaqaviy bozorlardagi narxlardan kelib chiqqan holda belgilash tizimi joriy etildi; Boshqa turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarinmg narxiari bozordagi talab va taklif asosida belgilash tizimi joriy etildi. Ushbu vazifalaming amalga oshirilishi jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatmiizda qishloq taraqqiyoti va farovonligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning hissasini yanada oshirgan bo Mar edi, Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, aholi yetishtirgan (fermer, dehqon va shaxsiy tomorqa ) mahsulotini qayta ishlash va sotish shaxobchalarini tashkil etish, yangi texnika va texnologiyalami olib kelish evaziga eksportbop mahsulotlar ishiab chiqarish orqali aholi turrnush darajasini ko‘tarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatning kelajagini, siyosiy-ijtimoiy qurilishini belgilashda. davlat mulki, korporativ va xususiy mulkning tengligi, ta’minlanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning kafolati kuchga aylanib bormoqda. Agar 2000-yilda malakatimiz yalpi ichki mahsulotining 30 % kichik biznes subycktlari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2010-yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich qariyb 53% ga yetishi kutilayotgan ishlarimizni mantiqiy samarasidir. 2010-yilning o‘zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlantirish hisobidan 480 mingta yangi ish o ‘rni ochilgan, bu jami ish o‘rinlarining 60%ini tashkil etmoqda. Mamlakatimiz aholisining 65% ga yaqini qishloq sharoitida yashashini hisobga olib, kichik biznesning rivojlanishiga katta imkoniyatiar yaratadi. X o‘jalik subyektlari uchun yagona soliq stavkasini 2005-2010- yildagi 13% dan 7% ga, 2011-yildan boshlab bu koVrsatkichning 7% dan 6% ga tushiriladi. Kichik biznes subyektlariga ishiab chiqarishni modemizatsiya qilish va texnologik yangilash uchun qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish tizimini yanada takomllashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ishtrok etish;, ulaming mintaqa va jahon bozoriga chiqishiga ahamiyat berish kerak.
Grantlar - investitsiya bozorining muhim tarkibiy qismi grantlar hadya etuvchi yoki donor tomonidan aniq ishlarni bajarish uchun notijorat tashkiloti yoki xususiy shaxsga bemiraiat beriladigan mablag'lar hisoblanadi. Qarzga nisbatan grantlar qaytarilmaydi. Grant grantni bajaruvchi tomonidan innovatsiya faoliyati, ekologik, iqtisodiy yo‘nalish, o ‘quv-ta’lim, metodologik, maslahat xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan biror-bir notijorat maqsadlarga erishish uchun beriladi. Ya'ni uning asosiy g‘oyasi beminnat asosda berilgan pul mablag‘lari hisobiga erishilgan grant loyihasi bo‘yicha ish natijalari, shuningdek, donorlik ishtirok, kimgadir yordam berish, nimagadir yordam berishga yo‘naltirishdan iboratdir. Donorlar sifatida turli mamlakatlarning davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xususiy xayriya fondlari, tijorat tuzilmalari, diniy, ilmiy va boshqa notijorat jamoat tashkilotlari, shuningdek, xususiy shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Yana bir jihat juda muhim hisoblanadi: donorlik tashkilotlari ko‘p hollarda multiplikatsiya samarasiga ega bo‘lgan loyiha mavzularini tanlaydilar, ya’ni keng tarqatishga, ko‘paytirishga m o‘ljallangan, loyiha doirasida tuzilmalarning yaratilishi, to‘plangan ish tajribasi, ishiab chiqilgan va sinalgan uslublar va boshqalar. Bunday turdagi namunali loyihalami yaratar ekan, donor biror bir yangi yoki mavjud ustuvor faoliyat yo‘nalishlarini rag‘batlantiradi yoki uning tashabbuskori bo‘ladi. Ushbu ko'rsatmadan kelib chiqib, loyiha mavzusiga e ’tibor bilan yondashish lozim. Kredit olish singari, birinchi masiahatni avnan donorlik tashkilotining mutaxassisidan olish juda muhimdir, bu grantga tayyorlanish bo'yicha ishlarni olib borishdagi keyingi qo‘yiladigan qadamlarga turtki bo‘ladi. Sizning so‘rovingizni ko'rib chiqishdan nimalami kutayotganligingizni tushuntinb bering. Quyida ko'pgina donorlik muassasalari uchun xarakterli bo’lgan grant olish uchun beriladigan ariza shaklini keltiramiz: Asosiy matn. 1. Muammoning qo‘yilishi (muammoning cheklangan tarzdagi shartlari bayoni. ushbu muammoning yuzaga kelishi sabablari, uning tabiati, muammoning aniq bayoni, ijtimoiyiqtisodiy va boshqa jamoat jarayonlariga ta’siri) 2. Loyihaning maqsad va vazifalari (loyiha nimaga yo‘naltirilganligming aniq, izchil bayoni, u nimani yaratishi yoki o‘zgartirishi lozim, bevosita ijrochilar unda nima mohiyat ko‘rmoqdalar va u jamiyatga nima foyda keltiradi) 3. Loyiha natijalaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasi (loyiha vazifalari amalga oshirilishi natijasida yaratilgan mahsulotning aniq iste’molchisi kim boladi) 4. Loyihani amalga oshirishning kutilgan yakuniy natijalari (loyihaning natijasi sifatida yuzaga keladigan jarayonlar va mahsulotlaming batafsil bayoni) 5. Kutilgan natijalarga erishish stratcgiyasi(loyiha vazifalariga erishish uchun lozim bo‘lgan harakatlaming mantiqiy ketma-ketligi bayoni) 6. Loyiha monitoringi (loyihani bajarish jarayoni, uning natija berishi, maqsadli xarakteri ustidan nazorat qanday usullar va metodlarda amalga oshiriladi) 7. Loyihani bajarish jadvali (u yoki bu moliyalash bosqichini bajarish uchun lozim bo‘lgan ishlami bajarish davri ko‘rsatilgan holda ishlar bosqichlarini ketma-ket bayon etish, shuningdek. har bir bosqichdagi ishlar natijalari aks ettirilgan hujjatlar) 8. Loyihani baholash (loyiha ishlari muvaffaqiyatlari mezonlarini belgilash, loyihaning dastlab qo‘yilgan maqsadlarga erishishi) Grantni olish uchun arizani ishiab chiqishda puxta o‘ylangan, rejalashtirilgan budjetni shakllantirish muhim omil hisoblanadi. Grant oluvchi so‘ralayotgan pul miqdori chuqur asoslanganligi va Loyiha bo‘yicha xarajatlar to'g'ri aks ettirilganligini isbotlab berishi kerak. Quyida loyiha jamlangan budjetining shartli shaklini keltirgan va budjetning har bir bo'limi har bir budjet moddasining maqsad tavsifi va sarflanish tartibi bilan alohida asoslanishi lozimligi ta’kidlab o'tiladi. Grantni bajarish jarayonida loyihani amalga oshirislming rejajadvaliga aniq rnos kelish va tasdiqlangan shaklga ko‘ra hisobotlami taqdim etish, ya’ni donor bilan kelishilgan shartlarga nisbatan o‘ta sinchkov bolish, loyihaning dastlab qo‘yiigan vazifalariga erishish lozim. Tabiiyki, bu holda kiritilgan mablag‘larni qaytarishni talab qilmagan holda investor maksimal ravishda iqtisodiy-ijtimoiy. innovatsion, gumanitar natijalarni ko‘rishni istaydi. Grantni bajarish jarayonida loyihani amalga oshirishning rejajadvaliga aniq mos kelish va tasdiqlangan shaklga ko‘ra hisobotlarni taqdim etish, ya’ni donor bilan kelishilgan shartlarga nisbatan o ‘ta sinchkov bo'lish, loyihaning dastlab qo‘yilgan vazifalariga erishish lozim. Tabiiyki, bu holda kiritilgan mablag‘- larni qaytarishni talab qilmagan holda investor maksimal ravishda iqtisodiy-ijtimoiy, innovatsion, gumanitar natijalarni ko‘rishni istaydi.
XULLOSA
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish istagini bildirgan hamda 1994 yilda tashkilotga kirish maqsadida ariza topshirgan. Biroq, oradan shuncha yillar o‘tishiga qaramasdan, haligacha mazkur tashkilotga a’zo bo‘lib kirmagan. 2017 yildan keyingi davrda tashkilotga qo‘shilish masalasi yana kun tartibiga qaytdi, ayni paytda a’zo bo‘lish istagi kuchaygan, bu boradagi sa’y-harakatlar jonlangandek tasavvur uyg‘ota boshladi.
Xalqaro bozorda ko’plab kurashlar mavjud bo’lib u yerda savdo qilish uchun ularga o’xshab savdoni va uning tovarlari bilan raqobat qila oladigan bozor talablarga mos va undanda ko’p xususiyatlar bo’lishi kerak. Xalqaro bozorda mahsulot sotishdan tashqari odamlarga to’g’ri so’z va muloyim bo’lish kerak. Bozorda narx va sifatga ham etibor beradi. Ularga ham katta ahamiyat qaratadilar. Shuning uchun xalqaro bozorda chiqish uchun ko’plab bozor qoyidalarini bilish zarur bo’ladi. Bu mavzudan shularni bilib oldim va yana izlanishga harakat qilaman…
ILOVA VA FOYDANILGAN ADABIYOTLAR

  1. https://azkurs.org/samarqand-iqtisodiyot-va-servis-instituti-marketing-kafedrasi-v2.html?page=49

  2. https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-biznes-yuritish-uchun-eng-qulaj-sharoit-yaratiladi

  3. https://daryo.uz/2017/11/01/ozbekiston-biznes-yuritish-uchun-qulay-sharoitlar-yaratish-boyicha-islohotchi-davlatlar-onligiga-kirdi

  4. https://fayllar.org/3-bob-global-boz.html

Kitoblar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
XALQARO MARKETING


Download 52.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling