O`zbеkiston rеspublikasi


Bola qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/92
Sana02.12.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1779886
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI

Bola qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga
amal qilish kerak. 
Bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda uxlatish kerak. 
Bolani 6 oylik bo'lgunicha o'tqazmaslik, 10 oylik bo'lguncha oyog`'ida uzoq vaqt 
tik turg'azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi, oyoq 
suyaklari egiluvchan bo'lganligi sababli, tana massasini ko'tara olmasdan, egrilanib 
qolishi mumkin. 
4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo'lidan yetaklab 
yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko'tarilishi tufayli umurtqa 
pog'onasi egrilanib qolishi mumkin. 
Kichik yoshdagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari uzoq vaqt bir joyda 
o'tirmasligi, tik turmasligi,uzoq masofaga yurmasligi, og'ir byumlarni ko'tarmasligi, 
ayniqsa doim faqat birqo'lida ish bajarmasligi kerak. Bularning barchasi bolaning 
umurtqa pog'onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati buzilishiga sabab 
bo'ladi. 
Bolalar va o'quvchilar bo'ylariga mos parta, stol-stulda o'tirishi kerak. 
O'quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul 
suyanchig'iga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri burchak hosil qilib 
bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko'krak bilan parta 
qirrasi orasidagi masofa 10 smga yaqin bo'lsin. Suyanchiq oralig'i oshib ketsa, o'quvchi 
ishlayotganda kursi suyanchig'iga tayana olmaydi va bukilib o'tiradi. Suyanchiq oralig'i 
kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti o'tirg'ichdan 3-5sm o'tishi 
maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15-250 qiyaroq qilib tayyorlanadi.Bu 
ko'rinishni yengillashtiradi, kitob bir oz qiyaroq qilib qo'yilganda pastki qator bilan 
yuqori qatorda ko'z bilan kitob orasidagi masofa bir hil bo'ladi. Kitob garizontal 
qo'yilsa, o'qilganda ko'z moslashishi bir necha marta o'zgaradi. 
O'quvchilarni partaga o'tqazishda bo'yni parta raqamiga moslash zarur. Bo'yi eng 
past bola 110sm, novchasi 129-180sm bo'ladi. Barcha o'quvchilar 7 ta bo'y guruhiga 
bo'linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha bo'ladi. 
Shunday qilib, o'quvchi partada to'g'ri o'tirganda qorin va ko'krak bo'shlig'idagi 
organlari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak-muskul apparatiga yuk kam tushadi, 
ko'ziga zo'r kelmaydi. Bolalarda sinf taxtasiga qaraganda boshni faqat bir toionga 
engashtirish odati borligi tufayli har bir o'quv choragida o'quvchilarni partalarning bir 
qatoridan ikkinchisiga ko'chirish tavsiya qilinadi. 


75 
O'quvchilarning jismoniy mehnati tashkil etishga doir muayyan gigiyena talablari 
mavjud. Bular texnik jihozlar, xonani shamollatish va mikroiqlimga taaluqlidir. 
Dastgohlar va verstaklar o'quvchilarning bo'yiga mos kelish, ish vaqtida nafas olish va 
qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan to'g'ri tana vaziyatini tanlay bilish kerak. Asboblar 
ham o'quvchilarning qo'liga va kuchiga mos qilib tanlanishi lozim. Agar ular katta 
yoshdagi odamlar tutadigan asboblardan foydalansa, bu avvalo qo'l muskullarini tez 
toliqtirib qo'yadi va suyak to'qimasini mustahkamlashi o'rniga uning jadal 
suyaklanishiga olib keladi. Bolalar og'ir narsalarni ko'tarishiga yo'l qo'ymaslik darkor. 
2ta o'quvchining zambilda ko'taradigan yuki 7-8 yashar bolalar uchun 4 kgdan, 9-10 
yoshdagi bolalar uchun 6kg, 10-12 yashar bolalar uchun 10 kg, 13-15 yashar va 14-16-
17 yashar bolalar uchun 24 kgdan oshmasligi kerak. Bitta o'quvchi shundan ikki baravar 
kam yukni ko'tarishi mumkin. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling