O’zbekistоn respublikаsi
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi
zaman dämimni alajїn, hav (o‘g‘uz) yuklamalari, -yu, -ku
yuklamalariga ekvivalent bo‘ladigan –ғу ~ γu ta’kid yuklamasi 43 uchraydi: bordi-ku ~ бардь-ғу ~ bardї-γu, keldi-ku ~ кəдъ-ғу ~ kädi- γu (Turkiston). -ғу ~ γu yuklamasi bir variantli bo‘lib, singarmonizmga bo‘ysynmaydi. Shuningdek, birt-chirt ~ бьрт-чьрт ~ bїrt-čїrt (Turkiston) kabi adabiy tilda uchramaydigan taqlidiy so‘zlar ham bor. Fe’l (tuslаnishi). O‘zbek shevаlаridа ham tuslоvchi аffikslаrning (shахs-sоn аffikslаrining) uch tipi bor va ular bir necha shаkllаrgа egа bo‘ladi: I tip tuslоvchilаr Bu tipdagi tuslovchilar to‘liq tuslovchilar deb ham yuritiladi. I shахs birligida -мəн/ман ~ män/mаn affiksi qatnashadi: kelaman ~ келəмəн ~ kelämän, o‘qiyman ~ оқъймəн ~ oqijmän (Toshkent), o‘ynayman ~ ойнайман ~ ojnajman (qipchoq). Ayrim o‘g‘uz va shimoliy o‘zbek shevalarida bu affiksdagi n undoshi talaffuz qilinmasligi mumkin: boraman ~ барама - barama, kelaman ~ гәләмә ~ gälämä. I shaxs ko‘pligida -мъз(ə)/мьз/с/пъз/пьз/с~ miz(ä)/mїz/s/piz/pїz/s, -вуз/вузə ~ vuz/vuzä affikslari qatnashadi. Singarmonizmli shevalarda affiksdagi з ~ z undoshi jarangsizlashadi. -мъз(ə) ~ miz(ä) varianti, deyarli, barcha shevalarda qayd qilinadi: ketyapmiz ~ кeтв ɔммъз ~ ketvāmmiz, boryapmiz ~ б ɔрвɔммъзə ~ bārvāmmizä (Toshkent), -вуз/вузə ~ vuz/vuzә varianti Toshkent, Qarshi shevalarida qo‘llanadi: ishlajmiz ~ ъшлъйвуз(ə) ~ išlijvuz(ä), qilamiz ~ қъл ɔвуз ~ qilāvuz, - пъз/пьз/с ~ piz/pїьz/s varianti (aslida u assimilativ variant) singarmonizmli shevalarda uchraydi: kelyapmiz ~ кəйəппъз/с ~ käjäppiz/s, qarabmiz ~ қараппьз/с ~ qarappїz/s (Turkiston). -мъз ~ miz, -вуз(ə) ~ vuz(ä) affikslari Toshkent shevasida -дъ ~ di, -сə ~ sä affiksli so‘z shakllariga qo‘shila olgan: oldik ~ ɔлдъмъз/ɔлдъвуз(ə) ~ āldimiz/āldivuz(ä), aytsak ~ əйтсəмъз/ əйтсəвуз(ə) ~ äjtsämiz/äjtsävuz(ä), berdik ~ бeрдъмъз/бeрдъвуз(ə) ~ berdimiz/berdivuz(ä), yursak ~ йурсəмъз/йурсəвуз(ə) ~ jursämiz/ jursävuz(ä). II shахs birligida singarmonizmli shevalarda -сəн/сан ~ sän/sаn affiksi qatnashadi: ekasan ~ егəсəн ~ egäsän, borasan ~ барасан ~ barasan (qipchoq). Singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda faqat -сəн~ 44 sän varianti qo‘shiladi: kelasan ~ кeлəсəн ~ kelәsәn, oqiysan ~ oқъйсəн ~ oqijsän (Toshkent). Bu shaklda ham ayrim o‘g‘uz va shimoliy o‘zbek shevalarida n undoshi talaffuz qilinmaydi: borasan ~ бaрaсa ~ barasa, kelasan ~ гəлəсə ~ gäläsä. II shaxs ko‘pligida -съз/сьз/с +лə(р)/ла(р) ~ siz/sïz/s +lä(r)/lа(r), -с ~ s, -сълə ~ silä affiksi ishtirok etadi. Bu shaxsda ham singarmonizmli shevalarda affiksdagi z undoshi jarangsizlashadi. -съз ~ siz varianti, deyarli, barcha shevalarda qo‘llanadi: boryapsiz ~ б ɔрвɔссъз ~ bārvāssiz (Toshkent), ketyаpsiz ~ кeтйəпсъz ~ ketjäpsiz (Marg‘ilon). -съз/сьз/с + лə(р)/ла(р) ~ siz/siz/s + lä(r)/lа(r) varianti singarmonizmli shevalarda qo‘llanadi: baribsьz ~ барьпсьз/с ~ barїpsїz/s, ushlabsiz ~ ушлапсьз/с ~ ušlapsїz/s, ko‘ribsizlar ~ көръпсъзлəр ~ köripsizlär, oqibsizlаr ~ оқьпсьз/слар ~ oqїpsїz/slаr. -с, -сълə ~ s, silä varianti esa Toshkent, Qarshi kabi shevalarida qo‘llanadi: ishlaysiz ~ ъшлъйс/ъшлəйс ~ išlijs/ išläjs, kelasizlar ~ кeләсълә ~ keläsilä. III shахsda affiks qatnashmaydi, lekin -a/ə ~ a/ä, -й ~ j, -б ~ b affiksli ravishdoshlar ishtirok etgan fe’llarda va boshqa ayrim fe’llarda -дъ/дь/тъ/ть ~ di/dї/ti/tї affiksi va uning ko‘pligida ba’zan -лə(р)/ла(p) ~ lä(r)/lа(r) affiksi qo‘shilishi mumkin. Singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda faqat -дъ/тъ ~ di/ti varianti qo‘llanadi: ishlaydi ~ ъшлъйдъ ~ išlijdi, kelyapti ~ кeв ɔттъ ~ kevāttї, singarmonizmli shevalarda esa -дъ/дь/тъ/ть ~ di/dї/ti/tї variantlarining barchasi qo‘llanadi: boradi ~ барадь ~ baradї, ichadi ~ и:чəдъ ~ i:čädi. Tojikistonning janubiy o‘zbek shevalarida -ту ~ tu varianti ham qayd qilinadi: sochyapti ~ ч ɔчɔ п ту ~ čāčāptu. Samarqand va Navoiy viloyatining ayrim shevalarida -a/ə ~ a/ä affiksli so‘zlarning III saxsida tuslovchi affiks qatnashmaydi: мен бараман ~ men baraman, сен барасан ~ sen barasan, о бара ~ о bara. II tip tuslоvchilаr Bu tipdagi tuslovchilar qisqargan tuslovchilar deb ham yuritiladi va ular -дъ/дь/тъ/ть ~ di/dї/ti/tї va -сә/са ~ sä/sa affikslari bilan shakllangan fe’llarga qo‘shiladi. 45 I shахs birligida faqat -м ~ m affiksi qatnashadi: aldim ~ aлдьм ~ aldїm, aytsam ~ aйтсaм ~ ajtsam, berdim ~ бeрдъм ~ berdim, yursam ~ йүрсəм ~ jürsäm. Shevalardagi көрдүм ~ kördüm, қoйдум ~ qojdum tuslanishida ikkinchi bo‘g‘indagi lablangan unlilarning qatnashishi labial singarmonizmga amal qilishi tufayli yuz bergan, y’ani ikkinchi bo‘g‘indagi ү/у ~ ü/u unlilari o‘tgan zamon fe’lini hosil qiluvchi -дъ/дь ~ di/dï affiksidagi unlining lab garmoniyasiga bo‘ysunishidir, lekin tuslovchi affiks qo‘shilmasa, u unlisi singarmonozmga bo‘ysunmaydi. I shaxs ko‘pligida -к/қ ~ k/q, -u:й ~ i:j, -в/вуз/вузə ~ v/vuz/vuzä affikslari qatnashadi. -к ~ k affiksi singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda qo‘llanadi: ko‘rdik ~ кoрдък ~ kordik, bordik ~ б ɔрдък ~ bārdik. Toshkent shevasida shart maylidagina qayd qilinadi: bоrsаk ~ б ɔрсoк ~ bārsok, оlsаk ~ ɔлсoк ~ ālsok. Shuningdek, Toshkent shevasida -к ~ k affiksini o‘tgan zamon fe’lida -з ~ z affiksi almashtiradi va bunda qisman fonetik o‘zgarish yuz beradi: bordik ~ б ɔрдуз ~ bārduz, keldik ~ келдуз ~ kelduz. -к/қ ~ k/q oppozitiv variantlari singarmonizmli shevalarning asosiy xususiyati hisoblanadi: keldik ~ келдък ~ keldik, bordik ~ бaрдьқ ~ bardїq. -в/вуз/вузə ~ v/vuz/vuzä affiksi bilan shakllangan fe’llar Toshkent shevasida kengroq: borsak ~ б ɔрсовуз(ə) ~ bārsovuz(ä). Bu affiks qo‘shilishi bilan so‘zda sifat o‘zgarishi yuz beradi, ya’ni -sә ~ sä affiksi tarkibidagi ә/ä unlisi o unlisiga o‘tadi. -u:й ~ i:j affiksi Toshkent va Qarshi shevalarida iste’molda bor: urdik ~ урди:й ~ urdi:j, bildik ~ бълди:й ~ bildi:j. II shахs birligida -ң ~ η affiksi qatnashadi (bu affiksni buyruq-istak maylidagi -ң ~ η affiksi bilan qorishtirmaslik kerak). Uning qo‘llanish qonuniyatlari I shaxsdagi -м ~ m affiksi bilan aynandir: оlding ~ aлдьң ~ aldїη, aytsang ~ aйтсaң ~ ajtsaη, berding ~ бeрдъң ~ berdiη, yursang ~ йүрсəң ~ jürsäη. Bu shaxsdagi affiksni Xo‘jand shevasida -й ~ j affiksi almashtiradi: ketayotgan eding ~ кетв ɔткəн едъй ~ ketvātkәn edij. Bu o‘zgarish o‘sha sheva uchungina xarakterlidir. II shaxs ko‘pligida quyidagi affikslar qatnashadi: 46 -ңъз/ңьз ~ ηiz/ηїz affiksi aksariyat shevalarda iste’molda bor: bordingiz ~ бардьңьз ~ bardїηїz, kettingiz ~ кеттъңъз ~ kettiηiz. Shundan -ңъз ~ ηiz varianti singarmonizmni yo‘qotgan shevalardagina mavjud, faqat Toshkent va Qarshi shevalarida bu affiks uchramaydi; -ңуз/ңүз ~ ηuz/ηüz affiksi labial singarmonizm amal qiladigan shevalarda qo‘llanadi: buyurdingiz ~ буйурдуңуз ~ bujurduηuz, kuttingiz ~ күттүңүз ~ küttüηüz; -йъз ~ jiz affiksi Toshkent va Qarshi shevalarida, -злə ~ zlä affiksi esa faqat Qarshi shevasida iste’molda bor: bajardingiz ~ бəджəрдъйъз ~ bäžärdijiz, bordingiz ~ б ɔрдъзлə ~ bārdizlä; -йлə ~ jlä affiksi ham Toshkent va Qarshi shevalariga ko‘proq xarakterli: oldinglar ~ ɔлдъйлə ~ āldijlä, ishladinglar ~ ъшлəдъйлə ~ išlädijlä; -ңлə/ңла ~ ηlä/ηla o‘g‘uz lahjasi shevalari uchun xarakterlidir: keldinglar ~ гəлдъңлə ~ gäldiηlä, bordinglar ~ бардьңла ~ bardїηla. III shахsda tuslovchi affiks ishtirok etmaydi. III tip tuslоvchilаr Bu tipdagi tuslovchilar buyruq-istak maylida qayd qilinadi va o‘ziga xos tuslanishga ega. I shахs birligida quyidagi affikslar qatnashadi va istak ma’nosini ifodalaydi: -(ə)й/(a)й ~ (ä)j/(a)j affiksi barcha singarmonizmli shevalarda bor: boray ~ барай ~ baraj, ketay ~ кетəй ~ ketäj, qo‘llay ~ қоллай ~ qollaj. Ko‘rinadiki, unli bilan tugagan so‘zlarga affiksning -й ~ j varianti qo‘shiladi. Bu Qarnoq, Qorabuloq, Mankent shevalarida qayd qilinadi; -ъй ~ ij affiksi singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda ishlatiladi: ishlay ~ ъшлъй ~ išlij, ketay ~ кетъй ~ ketij, so‘ray ~ сoръй ~ sorij. Bunda unli bilan tugagan so‘zlardagi ә ~ ä unlisi ъ ~ i unlisiga o‘zgaradi: boray ~ барьй ~ barїj, oylay ~ ойльй ~ оjlїj, ko‘ray ~ көръй ~ körij; -ъйън/ьйьn ~ ijin/їjїn affiksi Xorazm va shimoliy o‘zbek shevalarida uchraydi: olib borayin ~ aппaрьйьн ~ apparїjїn, olib 47 kelayin ~ əккəлъйън ~ äkkälijin. Uning qisqargan shakli ham bor: aппaры:н ~ apparї:n, əккəли:н ~ äkkäli:n. I shaxs ko‘pligida quyidagi affikslar qatnashadi va ular ham istak ma’nosini ifodalaydi: -əйнy ~ äjnu, -ъйлy ~ ijlu, -əйнук ~ äjnuk affikslari singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda qo‘llanadi: ishlaylik ~ ъшлəйну ~ išläjnu (Namangan), ɔлъйлy ~ ālijlu (Toshkent), boraylik ~ бɔрəйнук ~ bāräjnuk (Namangan, Xo‘jand); -əйлък/айльқ ~ äjlik/ajlїq affiksi aksariyat singarmonizmli shevalarda talaffuzda mavjud: tushaylik ~ чүшəйлък ~ čüšäjlik, qaraylik ~ қарайльқ ~ qarajlїq. Bu affiksning -əйлък ~ äjlik varianti singarmonizmni yo‘qatgan shevalargagina xos: qo‘llaylik ~ қоллайлък ~ Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling