O’zbekistоn respublikаsi
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi
Säkä, Toshpo‘lat aka ~ Тəшəкə ~ Täšäkä kabi. Bunda qozoq va
qoraqalpoq tillarining ta’siri bor. Yoshi kichiklarni erkalash yoki izzat qilishda qisqartirilgan so‘z oxiriga sh, m, n kabi undoshlarni qo‘shib talaffuz qilish an’anasi bor: Otajon ~ Аташ ~ Ataš, Dadaxon ~ Дадан ~ Dadan, Eshmuhammad ~ Ешъм ~ Ešim kabi. Shevalarda -ч/ш ~ č/š affiksi ayollarni, qizlarni erkalash uchun qo‘llanadi: bikajon ~ бъкəч ~ bikäč , onajon ~ анач ~ anač (Xorazm), Onajon (ism) ~ Анаш ~ Anaš (shim. o‘zb. sh.). Erkalash-kichraytirish ifodalovchi -cha affiksi aksariyat shevalarda, xususan, shimoliy o‘zbek shevаlаridа qo‘llanmaydi, balki bu affiks shevalarda adabiy tilning ta’sirida paydo bo‘lmoqda. Sifat. Sifatlardagi adabiy tilga xos aksariyat so‘zlar, affikslar shevalarda ham ba’zi fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llanadi, jumladan, sariq ~ сарь ~ sarї (qipchoq, o‘g‘uz), issiq ~ ы:ssь ~ ï:ssї (o‘g‘uz), qora ~ қара ~ qara (qipchoq, o‘g‘uz), qattiq ~ қəтту: ~ qättu: (Toshkent). Sifat darajalaridagi juda ~ джə ~ žä (aksariyat shevalarda), eng ~ и:ң ~ i:η (Qarshi), belgining kamligini ifodalovchi -roq affiksi -р ɔқ ~ rāq, -рақ ~ raq, -рəк ~ räk variantlariga ega. Shu bilan birga, shevalarning o‘z affikslari ham bor. Qipchoq lahjasining aksariyat shevаlаridа va shimoliy o‘zbek shevаlаridа sifatlardagi belgining kamligi -лəү(в)/лay(в) ~ läü(v)/lau(v) affiksi bilan ifoda qilinadi: oqroq ~ ақлау(в) ~ aqlau(v), ko‘kroq ~ көклəү(в) ~ kökläü(v), xomroq ~ хамлау(в) ~ xamlau(v) (shim.o‘zb. shev.). Belgining ortiqligini ifodalashda Xorazm shevalarida зьл ~ zїl so‘zidan foydalaniladi: qop-qora ~ зьл қара ~ zїl qara, sap-sariq ~ зьл сарь ~ zїl sarї. Son. Sodda va murakkab sonlarning hosil qilinishida adabiy til tizimi saqlanadi. Ayrim sonlarning talaffuzidagina farqlar qayd qilinadi: 42 ikki ~ əккъ ~ äkki (Marg‘ilon), yetti ~ йədъ ~ jädi, ellik ~ əллъ ~ älli (Xorazm), yetti ~ джeтъ ~ žeti (qipchoq). Sonning ma’no turlarini hosil qilishda ba’zi shevalarda o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanadi. Shimoliy o‘zbek shevalarida dona son hosil qilinmaydi, ya’ni sonning qo‘shimchasiz holati dona sonni bildiradi yoki jamlovchi sonning -өв ~ öv affiksi бърөв ~ biröv, eкөв ~ eköv tarzida dona sonni ham ifoda qiladi, bu shaklda o‘g‘uz lahjasi shevalarida дəнə Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling