134
47. -lar/lär ko‘plik affiksi qaysi shevalarda qo‘llaniladi?
A. Toshkent shevasida.
B. Buxoro o‘zbek shevalarida.
D. Singarmonizm qonunini saqlagan shevalarda.
E. Assimilatsiya qonunini saqlagan shevalarda.
48. -čä affiksi qaysi shevalarda erkalash, kichraytirish,
ma’nosini ifodalashda qo‘llanmaydi?
A. Shimoliy o‘zbek shevalarida.
B. Farg‘ona dialekti shevalarida.
D. Jizzax dialektida.
E. Toshkent dialektida.
49. Qaysi qatorda egalik affikslari variantlari qo‘llangan?
A. -im, -si
B. -iη, -siz
D. -i, -k
E. -miz, -dir
50. η undoshi to‘g‘ri tavsifi berilgan qatorni toping.
A. Til oldi, portlovchi.
B. Til orqa, qorishiq portlovchi.
D. Til orqa, portlovchi-sirg‘lauvchi.
E. Til oldi, portlovchi-sirg‘aluvchi.
51. Bārāvuz fe’li qaysi dialektda qo‘llanadi va qanday fe’l
shakli?
A. Toshkent
dialektida, I shaxs aniqlik mayli ko‘plik shakli.
B. Toshkent dialektida, I shaxs aniqlik mayli jamlik shakli.
D. Toshkent dialektida, I shaxs aniqlik mayli, hozirgi-kelasi zamon
birlik shakli.
E. Toshkent dialektida, I shaxs aniqlik mayli, hozirgi-kelasi zamon,
ko‘plik shakli.
52. Dialektal leksika deganda nimani tushunasiz?
A. Faqat muayyan shevaga xos bo‘lgan so‘zlar.
B. O‘zbek adabiy tilida uchramaydigan so‘zlar.
D. Biror shevaga xos bo‘lgan barcha so‘zlar yig‘indisi.
E. Barcha shevalarda uchraydigan so‘zlar.
Do'stlaringiz bilan baham: