Surxondaryo dialektida fitonimlarning fonetik, leksik xususiyatlari


Download 12.7 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi12.7 Kb.
#1627546
Bog'liq
Fitonimlar


Surxondaryo dialektida fitonimlarning fonetik, leksik xususiyatlari Mamadiyeva Yulduz TerDPI 2-kurs magistranti
Bugungi kunda yurtimizdagi turli milliy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarning o'sib borayotgani bir qator nazariy va amaliy masalalarni shakllantirmoqda. Bu ishlar ichida eng asosiysi adabiy til bilan ma'lum bir aniq milliy tilni tashkil qiluvchi sheva va lahjalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganish masalasidir. Har bir tilning o'ziga xos xususiyati va shakllanish tarixi bo'lganligi sababli bu masalani hal qilish dialektologik qatlamga bog'liq. O'zbek tili murakkab dialektal kompleksga ega. Shu bois dialekt va shevalarning adabiy til normalariga moslashib borish protsessini tahlil etishga e'tibor qaratish lozim.
O'zbek tili shevalarini har tomonlama o'rganish faqat lingvistik xarakterga ega bo'lib qolmasdan, balki o'zbek xalqining shakllanish tarixi, ya'ni uning etnogenetik protsessini aniqlash nafaqat dialektologiya balki, orfografiya va terminologiya masalalarini o'rganishda muhim omil bo'la oladi. Shevaga oid manbalar o'zbek adabiy tilining rivojlanish tarixini o'rganishda muhim o'rin tutadi. O'zbek tilining Surxondaryo viloyati tarkibidagi o'zbekcha so'zlashuvchi aholi nutqida ko'p asrlik, tarixiy taraqqiyotni, moddiy va madaniy hayotni aks ettiruvchi ko'plab rang-barang til faktlari uchraydi. Shu bois bu shevalar har tomonlama tarixiy-tavsifiy va lingvogeografik aspektlarda o'rganiladi. Professor E.D.Polivanov klassifikatsiyasiga ko'ra, Surxondaryo viloyati o'zbek shevalari uchinchi dialekt qipchoq lahjasining beshinchi tipidagi janubiy o'zbek "j" lovchilar guruhiga kiritilgan. Professor o'zbek dialektlarini klassifikatsiya qilishda singarmonizm xususiyatini ham hisobga olgan holda ish ko'rgan.
Tadqiqotlar natijasiga ko'ra Surxondaryodagi o'zbek shevalari 3 guruhga bo'lib tasniflanadi:
1) j-lovchu o'zbek shevalari (qipchoq lahjasiga xos shevalar)
2) y-lovchi o'zbek shevalari ( qarluq lahjasiga xos shevalar)
3) ikki tilda so'zlashuvchi shevalar.
j-lovchi o'zbek shevalarining barchasi o'zining til xususiyatlari jihatidan butun territoriya bo'yicha bir xil emas. Bu tarkibga kiruvchi Surxondaryo dialektidagi fitonim ( o'simlik) larni hududlar kesimida tadqiq etdik. j-lovchi guruh shevalarida [u] lablanuvchi unlisi o'rnida [i] lablanmagan yoki [o] lablanuvchi unlilarini ishlatilishi xarakterlidir. j-lovchi shevalarning yana bir muhim fonetik belgilaridan biri adabiy tilda [y] bilan boshlanuvchi so'zlarda [j] undoshini qo'llashdir. Masalan, jalbiz (Sho'rchi tumani) - yalpiz, jontag' (Sho'rchi tumani) - yantoq, juzum -uzum, jong'oq, jannoq - yong'oq, g'umay- g'omay( Jarqo'rg'on t.), qaramig'- qoramug', chirmavig' - chirmovuq kabi. Ushbu so'zlarning leksik-semanti ma'nolari quyidagicha: Yantoq-" alxagi dukkakdoshlarga mansub, tikanlar bilan qoplangan ko'p yillik o'tlar turkumidir. Poyasi sershoh, bo'yi 50-80sm. Barglari uncha katta emas (2-4sm), ellips shaklida. Gullari mayda, xuddi kulrang kapalaklarni eslatadi. Yantoqning yoshi ulg'ayishi bilan uning ildizi ham eniga, ham bo'yiga qarab o'sadi. Natijada u sizot suvlari joylashgan qatlamgacha hatto 30-35m chuqurlikkacha yetadi. Yantoq bebaho to'yimli mol ozig'i. Namligi 8,8% bo'lgan 100kg yantoq pichanida 70,5 oziq borligi aniqlangan." [1;23] "Qoramug' - arpa, bug'doy, suli, javdar va zig'ir donlarini bulg'atadigan begona o't urug'laridan biri. U chinniguldoshlarga mansub o'simlik bo'lib, poyasi o'rtasidan shoxlangan, bo'yi 20-60sm. Barglari uzunchoq, tuxumsimon, kulrang, novdada qarama-qarshi o'rnashgan. Guli pushti, mevasi yaxshi ochilmagan ko'sakni eslatadi. Urug'i mayda qop-qora sharga o'xshaydi." [1;183]
Qipchoq lahjasiga xos ikkinchi guruh sheva vakillari viloyatning shimoli-sharqiy qismida istiqomat qiladilar. Ularning shevalarida singarmonizm ( tanglay ohangdorligi) saqlansa-da ayrim o'rinlarda bu hodisaning buzilishini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, so'z boshida [j] o'rnida ko'pincha [y] ishlatishga urinish kuzatiladi. Masalan, juzum//yuzim (uzum) .
Surxondaryo dialektidagi ikki guruhga kiruvchi qipchoq lahjasiga mansub shevalarda unlilar, jumladan, [o] va [a] kabi unli tovushlar talaffuzida o'zgarish kuzatiladi. Viloyatning shimoli-sharqiy qismi xususan, qishloqlarida so'z boshida [a] unlisi o'rnida [o] unlisi ishlatilishi ("o" lashish ) ni kuzatishimiz mumkin. Masalan, tariq //tori, arpa // orpa, ajriq// ojriq, qamish //qomish. Qolaversa, o unlisi ayrim pozitsiyalarda [q, g', m] kabi undoshlar bilan yonma-yon kelganda, [a] unlisiga yaqin talaffuz qilinadi. Masalan, namozshomgul // namashemgul. Sheva vakillarining og'zaki so'zlashuv nutqida so'z va so'z formalari tarkibidagi unli tovushlarda har xil kombinator- pozitsion o'zgarishlar kuzatiladi. Bu fonetik o'zgarishlardan e > u - bangidevona// bangiduvana, mingdevona// mingduvana ni misol qilishimiz mumkin. Endi bu so'zlardan birining leksik ma'nosiga e'tibor qarataylik. "Mingdevona - ituzumdoshlarga mansub ikki yillik o't. Bo'yi 1m ga yetadi, tanasi yopishqoq tuklar bilan qoplangan. Barglari patsimon qirqilgan, ildiz oldidagilari uzun bandli. Gullari sarg'ish, novdalari uchiga to'p-to'p bo'lib o'rnashgan. Mevasi kungirali ko'vachaga o'shaydi. Mingdevona urug'i aralashgan yemni yegan otlar, qoramol va shunday don bilan boqilgan xonaki parrandalar ham tez zaharlanadi." [1;181]
Surxondaryo dialektidagi fitonimlarning shevalarda turli variantlarini kuzatishimiz mumkin. Xususan:
Ko'kat//ko'gal kampirchopon//kampiruldi qoramug'//momaputing isiriq// hazarisfand o'simlik//irg'ay tariq // tari// tori chirmovuq//chirmovig'//pechaygul qo'ziqorin// zambarig' qamish// qomish o'rik// vo'rik arpa// orpa olcha// olucha kiyik o't// kiyigut g'umay// go'may Foydalanilgan adabiyotlar:
1. To'ychiboyev B, Hasanov B. O'zbek dialektologiyasi -T: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi n, 2004
2. Nabiyev M, Odilov T va b. Qiziqarli botanika. T. O'zbekiston nashriyoti - 1975.
3. Begmatov E. Hozirgi o'zbek adabiy tilining leksik qatlamlari - T: Fan, 1985.
Download 12.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling