O’zbekistоn respublikаsi


Innovatsion markazni aniqlash


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/90
Sana03.12.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1800957
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
Bog'liq
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi

Innovatsion markazni aniqlash. Bu tamoyil, albatta, til tarixi bilan 
bog‘langan. U yoki bu izoglossaning paydo bo‘lish nuqtasini aniqlashda 
til tarixi faktlariga tayaniladi. Ma’lumki, qadimgi turkiy tilda
й ~ j // дж ~ ž paralleli bo‘lmagan. Hozirgi qipchoq shevalarida va ba’zi 


82 
turkiy tillarda so‘z boshida дж ~ ž undoshining paydo bo‘lishi keyingi 
hodisadir. O‘zbek shevalarida “дж ~ ž”lashish o‘rnida “й ~ j”lashish 
(qipchoq lahjasi shevalarida джaxшь ~ žaxšї o‘rnnida йaxшь ~ jaxšї
varianti paydo bo‘lmoqda hamda u tobora kengroq tarqalmoqda. 
Ko‘rinadiki, й ~ j undoshining innovatsion nuqtasi qadimgi turkiy til 
bo‘lgan. Hozirgi singarmonizmni yo‘qotgan shevalar ham qadimda 
singarmonizmli bo‘lgan. Bunda ham innovatsiya nuqtasi sifatida 
qadimgi turkiy til qatnashadi. 
Til substratlari ta’sirini aniqlash. Substrat hokim til yoki 
shevaning qoldiqlari bo‘lib, muayyan hududda uning elementlari qolgan 
bo‘ladi. Masalan, hozirgi Xorazm shevalarida “Avesto” tilining 
substratlarini uchratish mumkin, jumladan, Xorazm (Hvairizm), 
Asfandiyor (Spandudota), Bahrom (Varxram). O‘zbek va tojik shevalari 
interferensiyasi sharoitida tojik shevalariga xos xususiyatlar shu 
shevalarda saqlanib qoladi. Bu substratlar ham izohlar bilan kartalarda 
aks ettiriladi.
O‘zbekistоndа 
lingvistik geоgrаfiyaning rivоjlаntirilishi.
O‘zbekistоndа diаlektоlоgik аtlаs yarаtish ishi endigina rivоjlаnmoqda. 
Bu sоhаdа Sh. Shоаbdurаhmоnоv, А. Jo‘rаyev, Q. Muhаmmаdjоnоv,
А. Shermаtоv, N. Murodova, Y. Ibrоhimоv va Z. Ibrоhimоvalarning 
tаdqiqоtlаri mаvjud. Sh.Shоаbdurаhmоnоv O‘zbekistоndа birinchi 
bo‘lib shevаlаr аtlаsini yarаtishning nаzаriy qоidаlаrini ishlаb chiqdi.
A. Jo‘rayev areal lingvistikaning nazariy va amaliy asoslarini tadqiq 
qildi. Q. Muhаmmаdjоnоv shimоliy o‘zbek shevаlаrini, А. Shermаtоv 
Quyi Qаshqаdаryo shevаlаrini, Y. Ibrоhimоv va Z. Ibrоhimоvalar Оrоl 
bo‘yi o‘zbek shevаlаrini, N. Murodova Navoiy viloyati shevalarini 
kartalashtirgan. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling