O’zbekistоn respublikаsi
Areal lingvistika (lingvistik geоgrаfiya) metodlari
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.M. Jirmunskiy
Areal lingvistika (lingvistik geоgrаfiya) metodlari. Areal
lingvistika (lingvistik geоgrаfiya) shunday sоhаki, u hаr bir shevа vа diаlekt hаqidа, uning mаdаniy, tаriхiy хususiyatlаri, o‘zigа хоsligi bilаn yaхlit rаvishdа tilshunоslik, tаriх, etnоgrаfiya bilаn shug‘ullаnаdigаn хоdimlаr, mutахаssislаrni keng tаnishtirish imkоnini berаdi. Lingvistik geоgrаfiyadа, аvvаlо, o‘rgаnilаyotgаn shevа kartasi uchun asos sifatida аhоli geоgrаfiyasini аks ettirishga mo‘ljallangan kоntur karta оlinаdi vа аhоli punktlаri rаqаmlаri belgilаb chiqilаdi. Shevа fаktlаri uchun shаrtli belgilаr tizimi ishlаb chiqilаdi. Izоglоssаlаrning tаrqаlishini ko‘rsаtuvchi chiziqlаrni tоrtish rejаsi tаyin qilinаdi. Rаnglаr tаnlаnаdi vа bo‘yash teхnikаsi belgilаb оlinаdi. 10-rasm O‘zbek tili lahjalarining tarqalishi 80 Areal lingvistikaning asosini lingvistik tadqiqotlarda foydalaniladigan til faktlari tashkil etadi, shuning uchun areal lingvistika metodlarini farqlash muhim ahamiyat kasb etadi 10 . Ular quyidagilar: 1. Muayyan til (shevalar) areali doirasida til (sheva) faktlarini qayd qilish. Bu jihatdan dialektologiya va lingvistik geografiya metodlari mos keladi. Sheva faktlarining haqqoniyligi areal lingvistikaning mukammalligini ta’minlaydi. 2. Areal lingvistika uchun tanlanadigan sheva materiallarini sharhlash. Dialektologik atlas tuzishda sheva faktlarining sharhi muhim o‘rin tutadi. Ular quyidagi aniq lingvistik vazifalarni bajaradi: a) o‘rganilayotgan til yoki shevalarning aloqada bo‘lgan (qo‘shni) til va shevalar bilan interferensiyasi natijalarini talqin qilish. Avvalgi 10 Taniqli olim V.M. Jirmunskiy dialektologik atlas yaratish metodikasi deganda uning ikki tamoyilini tushunadi: muayyan hududdagi sheva xususiyatlarini yalpi o‘rganish va har bir kartalashtiriladigan izoglossalar chegarasini belgilash. Qarang: Жирмунский В.М. Немецкая диалектология. – Москва - Ленинград: ИАН.1956, – С.134. 81 sahifalarda ta’kidlanganidek, o‘zbek tili qozoq, qirg‘iz, qoraqolpoq, turkman va tojik tili hamda uning shevalari bilan kesishgan o‘rinlarga ega. Shevalar kesishgan joyda har ikkala tilga o‘xshamagan shevalar paydo bo‘ladi. So‘zsiz, bu shevalardagi o‘zbek tiliga xos bo‘lgan xususiyatni ajratib olish muammosi paydo bo‘ladi. Bu muammo sharhlash, talqin qilish orqali hal qilinadi. Masalan, turkman tili bilan aralash va qo‘shni yashaydigan o‘zbeklar shevasida egalik affiksi va o‘rin-payt, chiqish kelishigi o‘rtasida n undoshining orttirilishi izohlar yordamida oydinlashtiriladi: qo‘lida ~ əлъндə ~ älindä, qolidan ~ əлъннəн ~ älinnän. Qirg‘iz tilida bunday pozitsiyada interkalyar n undoshining yo‘qolib borishi ham o‘zbek tili shevalari bilan interferensiyaning natijasidir. b) ijtimoiy omillarni hisobga olish. Interferensiya natijalariga baho berishda turli xildagi ijtimoiy omillarni hisobga olish katta ahamiyatga egadir. Bunda ikki sheva yoki tilning interferensiya sharoitida qo‘shilib ketishi chog‘idagi til qarshiligi bo‘lishi hisobga olinadi. Bunga Qashqadaryodagi (masalan, Kitob tumani Chechak qishlog‘i shevasi) “й ~ j”lovchi shevalar “дж ~ ž”lovchi shevalarga qorishuvi natijasida “й ~ j”lovchi shevalar aholisining ko‘pligi tufayli “й ~ j”lashishning ustun kelishi misol bo‘la oladi. d) muayyan hududda turg‘unlashmagan til hodisalarini sharhlash. Ikki sheva yoki dialektga xos xususiyatlarning shu sheva va dialektlarda qo‘llanishi hamda ulardan birining g‘olib kelmasligi interferensiyaning tugallanmaganligini, ya’ni bir sheva ikkinchi shevaga singib ketmaganligini bildiradi. Bunga o‘zbek tilidagi ɔ ~ ā va “a”lashish, й ~ j va дж ~ ž hodisasining parallel qo‘llanishi misol bo‘la oladi. e) konvergensiya hodisalarini farqlash. Ma’lumki, o‘zbek tili taraqqiyotida shahar shevalarida ө ~ ö ↔ o ~ o, ү ~ ü ↔ y ~ u, и ~ i:↔ ы ~ ї: unlilari konvergensiyaga uchragan. Ular ham kartada izohlar bilan beriladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling