O’zbekistоn respublikаsi
ko‘rinishilari, namoyon bo‘lishi
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi
ko‘rinishilari, namoyon bo‘lishi (“разновидность” termini qo‘llangan)
deb yuritiladi 11 . 11 Русская диалектология. – Москва: Просвещение,1989. –С. 6. 84 Adabiy til biror dialektga teng kelmaydi, u bir til doirasida barchaga birday xizmat qiladi, hech bir dialekt adabiy tilga tenglashtirilmaydi. Adabiy til va dialektlar turli funksiyalariga ko‘ra farqlanadi: 1. Adabiy til davlat, siyosat, fan, san’at tili hisoblanadi, ayni zamonda bu tilda savodxon shaxslar ish ko‘radi. Dialekt esa muayyan hududda qo‘llanadi va shu hududning o‘zidagi aholigagina xizmat qiladi. 2. Adabiy til yozma va og‘zaki shakllarga ega bo‘ladi, dialekt esa faqat og‘zaki ko‘rinishga ega. 3. Adabiy til qat’iy amal qilinadigan normalardan iborat bo‘ladi. Dialekt ham muayyan hududda o‘ziga xos normalari bo‘ladi, lekin u umumtil doirasiga chiqa olmaydi. 4. Adabiy tilning funksional uslublari rang-barang, dialektlarda bunday uslublar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. ` 5. Adabiy til va dialektlar o‘rtasida ziddiyatlar bor, lekin ular adabiy tilning boyishiga xizmat qiladi 11-rasm Har bir milliy tilning ikki bosqichi bo‘ladi: 1. Milliy tilning quyi bosqichi. Bu mahalliy shevalar demakdir. 85 2. Milliy tilning yuqori bosqichi. Bu uning adabiy tilidir. Ayrim manbalarda bu ikki bosqich oralig‘da koyne termini bilan yuritiladigan til to‘g‘risida ham ma’lumot beriladi, ya’ni aksariyat dialektlar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlashuv tili koyne deb yuritiladi. Bunga xalq og‘zaki ijodi asarlari tilini ham kiritish mumkin, bu asarlar tili ham adabiy til, ham mahalliy shevalarga xos xususiyatlarni aks ettiradi, shuning uchun ham shevalar o‘rganilganda, xalq og‘zaki ijodidan ko‘plab misollar keltiriladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling