O’zbekistоn respublikаsi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/90
Sana03.12.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1800957
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
Bog'liq
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi

 
Miraziz A’zamga: 
Bolalarcha kasha yeb, 
Bolalarga yozadir. 
Shuytib, sakson yoshda ham 
Bolalardek tozadir. 
(“O‘zbek adabiyoti va san’ati”, 2015 yil 1-yanvar) 
Shuni ta’kidlash lozimki, dialektizmlar adabiy tilning boyishi uchun 
tabiiy manbalardan biri bo‘lib qoladi. Dialektizmlarning adabiy tilga 
singib ketish jarayoni dastlab qiyin kechadi, lekin badiiy adabiyotning 
ta’sirchan kuchi orqali bir asarda qo‘llangan dialektizm keyingi 
asarlarga o‘tadi va shu tariqa umumxalq mulkiga aylanadi va adabiy 
tilga o‘zlashib ketishi mumkin. 
O‘zbek adabiy tili va dialektlari avtonomiyasi hamda 
geteronomiyasi. Avtonomiya (autonomy) termini til va shevalarning 
mustaqil faoliyat yuritishiga nisbatan qo‘llanadi. Geteronomiya esa 
(heteronomy – qadimgi yunon tilida boshqa qonun degan ma’noni 
anglatgan) falsafa, psixologiya, huquqshunoslik, biologiya va boshqa 
13 
Bu faktlar B. Fayzullayev va O. Xidirovlarning “Dialektizm va kontekst” maqolasidan olindi. 


89 
fanlarda qo‘llanadigan tushuncha bo‘lib, uni dialektologiyaga german 
tillarining qarindoshligi negizida ularning mustaqil til va dialekt 
munosabatlarini asoslash jarayonida J. K. Chambers, Peter Trudgillar 
olib kirishgan
14
. Unga ko‘ra, u yoki bu til va shevalar bir necha 
mamlakatlarda joriyda bo‘lishi mumkin, lekin ular to‘liq mustaqil bo‘la 
olmaydilar. Buni o‘zbek tili misolida shunday izohlash mumkin: o‘zbek 
adabiy tili va dialektlari O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarda ham 
amal qiladi. U yerlardagi o‘zbek adabiy tili mustaqil rivojlantirilmoqda, 
shevalarida ham o‘ziga xosliklar bor, masalan, Afg‘onistonda o‘zbek 
adabiy tili arab grafikasida muayyan imlo tizimiga ega, o‘ziga xoz so‘z 
qo‘llash an’anasi bor, shevalari uchun o‘zbek lahjalari asos bo‘lsa-da, 
afg‘on tilining kuchli ta’siri bor. Bu jihatdan u avtonom faoliyatdadir. 
Ayni zamonda bu yerdagi adabiy til grammatik qoidalarning yagonaligi, 
fonematik tizimi, asosiy lug‘at tarkibi jihatidan O‘zbekistondagi adabiy 
tilning 
aksariyat 
qonuniyatlarini 
saqlab 
qolgan, 
shuningdek, 
shevalarining ham leksik fondi O‘zbekistondagi shevalar leksikasiga 
monand, lekin dialektal farqi bor, bu jihatdan esa u yerdagi adabiy til va 
dialektlar geteronomik munosabatda bo‘ladi, yani to‘liq mustaqil emas. 
Bu fikrni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘izston Respublikalaridagi 
o‘zbek adabiy tili va dialektlariga nisbatan ham muayyan darajada tatbiq 
etish mumkin.  

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling