O’zbekistоn respublikаsi
Badiiy adabiyot va dialektizm
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
ashirboyev s. o`zbek dialektologiyasi
Badiiy adabiyot va dialektizm. Badiiy adabiyotda shevaga oid
fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarning aks etishi dialektizm deyiladi. Bunda shevadagi qaysi yarusning aks ettirilishiga qarab dialektizmlar ham leksik dialektizm, fonetik dialektizm va morfologik hamda sintaktik-stilistik dialektizm turlariga ega bo‘ladi. Fonetik dialektizm badiiy asarda muayyan shevaga oid fonetik xususiyatlarning aks etishidir. Rozi bo‘ldi, palakat (Qo‘nalg‘a), galdi (“Xorazm”). Bormasangiz bo‘lmiydi (“Qo‘nalg‘a”). …zeykash (zaxkash) tomonga enib… (“Qo‘nalg‘a”). Ishni bildirmasdan xufya bitirsa bo‘lardi, man bo‘laman, man bo‘laman, deb kerildi (“Oltin vodiydan shabadalar”) 12 . Leksik dialektizm shevaga oid so‘zlarning badiiy asarlarda qo‘llanishidir. Masalan, dаrpanmangla (bezovtalanmanglar (Xorazm), …kelinbiyning (kelinoyi) biror marta noroziligini eshitgan emasman (Qo‘nalg‘a). Toshkentdagi axtiqlarini (nevaralarini) o‘zlari Urganchga kelganlaridayam ko‘raveramiz (Qo‘nalg‘a). Badiiy asarlarda shevaga xos so‘z yasalishidan ham foydalanilgan: Shoshma, hali qo‘llarim qanotini yozgani yoq, mana bu termakash (g‘iybat terib yuruvchi) 12 Badiiy asarlardan olingan misollar lotin yozuviga ushbu asar muallifi tomonidan o‘girildi – A.S. 87 O’sarjonni chetga chiqarib qo‘yaman. – Hoy, sen vahmakash (vahima qiluvchi) ekansan-ku! (“Oltin vodiydan shabadalar”) Morfologik dialektizm badiiy asarda shevaga xos morfologik elementlarning qo‘llanishidir. Masalan, Shаttа (shu yerda, “Qora ko‘zlar”). Dim (juda) gech galdingiz (“Xorazm”). Qarindoshim bilan bir maishat qilali (Qo‘nalg‘a). Sintaktik-stilistik dialektizmlar gap qurilishida shevaga xoslikda ko‘rinadi: Shukur, odamga o‘xshab so‘zlab bilar ekansiz ( “Qo‘nalg‘a”). Alni na, o‘n marta yuvamilar (“Qo‘nalg‘a”). Badiiy adabiyot tili xalq (millat) tili boyliklarining qayta ishlangan ko‘rinishidir. Shu jarayonda badiiy so‘z ustalarining voqea yoki qahramon sarguzashtlarini bayon qilish jarayonida muayyan shevaga murojaat qilishlari e’tirof etib kelinadi. Adabiyotda mahalliy kolorit degan tushuncha bor. Bu esa adiblarga mahalliy kechinmalarni ifodalashda sheva xususiyatlaridan keng foydalanishga imkoniyat yaratadi. Badiiy adabiyotda adiblar dialektizmlardan ikki o‘rinda foydalanadi, ya’ni: 1) dialogik nutqda qahramonning muayyan sheva vakili ekanligini ko‘rsatish, mahalliy koloritni berish maqsadida; 2) adabiy tilda sinonimi bo‘lmagan so‘zlarni majburan qo‘llaydi. Masalan, yozuvchi Komil Avaz “Qo‘nalg‘a” asarida sazaq (o‘simlik nomi), tuncha (mis qumg‘on), kalchayа (qumlikning taqir joyi), itdunak (yovvoyi qovun turi) kabi dialectal so‘zlarni qo‘llaydi. Hatto butun boshli badiiy asarda mahalliy sharoit, mahalliy mentalitetni, ruhiyatni ifodalashda to‘lig‘icha sheva xususiyatlaridan foydalangan asarlar mavjud. Bunga J. Sharipovning “Xorazm”, Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarlarini ham keltirish mumkin. Dialektal so‘zlarni badiiy adabiyotda qo‘llashda yozuvchilar turli usullardan foydalanadilar. Ayrim mualliflar shevaga oid so‘zlarni izohsiz ishlatgan bo‘lishsa, ayrimlari sahifa tegida uning ma’nosini ham keltirib boradilar (masalan, “Xorazm” romanida). Dialektal so‘zning ma’nosini izohlashda yana quyidagicha usullardan foydalanilgan: 88 - dialogik nutqdagi dialektal so‘z muallif gapida reallashtiriladi: - Buvijon, - dedi u onasining mayus yuziga termilib. – Shirmon xoladan qarz olib tursangiz bo‘lmasmikan (“Farg‘ona tong otguncha”); - dialogik nutqda ayni bir yoki turli personajlar nutqidagi shevaga xos so‘z adabiy tildagi variantlarini keltirish bian izohlangan: - Ugra osh qilsak ham bo‘ladi, manjuza qilsak ham bo‘ladi. Lag‘monga go‘sht kerak (“Farg‘ona tong otguncha”). - Polvon, nega anqayyapsan. Xiva shahrini ko‘rmaganmiding? – dedi. – Katta qal’a, hamma yerini go‘rib boladimi, - dedi Polvon (“Xorazm”); - shevaga xos so‘zlar juft soz tarkibida (antonim, sinonim tarzida) keltirilgan: Uzoq-yovuqdan ancha odamlar keldi (“Oltin vodiydan shabadalar”). … barcha xalq bel, kapcha ko‘tarib, yop-anhor, daryo bo‘yi sohil tomon yo‘l oldi (“Xorazm”) 13 ; Ayniqsa, dialektal so‘zlardan hazil, kinoya sifatida ham foydalanilgan o‘rinlar bor: Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling