O„zbekiston respublikasi
Merkantilizmning tarixiy ahamiyati
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Merkantilizmning tarixiy ahamiyati Merkantilizm va uning vakillari ijodiy merosidagi ham pozitiv, ham negativ unsurlar nuqtayi nazaridan iqtisodiy ta‘limotlar tarixida o‗chmas iz qoldirdi. Birinchidan, merkantilistlar konsepsiyasi deyarli butunlay muomala sohasidagi xo‗jalik hayotining amaliyotiga qaratilgan. Shunday bo‗lsada, bu ularga ko‗plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy muomilaga kiritish, savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga ularning ta‘siri doimo aynan bir xil bo‗lgan emas. Masalan, mamlakatning o‗z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul muhim vosita ekanligini to‗g‗ri tushuntirib bergach, merkantilistlar milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e‘tibor bermadilar. Bundan tashqari ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan. «Ixtiyoriy ishsizlik»ning asosiy sababi 15 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 66-b. 85 ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi «yalqovlik» yoki «axloqiy buzuqlik» deb hisoblashgan. Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining Yevropada ancha rivojlangan mamlakatlar –Angliya va Fransiyada klassik siyosiy iqtisodning o‗ziga xos xususiyatlarini ko‗rsatib berishgan. Xususan, Fransiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol proteksionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura tarmog‗i yaratildi. Ammo bir vaqtning o‗zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo‗li bilan fermer xo‗jaliklarining shakllanishiga to‗sqinlik qilindi. Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma‘lumki, Fransiyaga nisbatan ancha «unumli» bo‗ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasida bu mamlakatning proteksionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari odatda, Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri Tomas Man nomi bilan bog‗lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma‘lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan bo‗lgan g‗oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o‗z aksini topdi. Bundan tashqari XIX asrda Angliya ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantilistik chora-tadbirlarni, jumladan, ichki va tashqi savdoda to‗la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling