O„zbekiston respublikasi


 U.Pettining iqtisodiy ta‟limoti


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

5.2. U.Pettining iqtisodiy ta‟limoti 
Uilyam Petti (1623–1687)Angliya 
klassik 
siyosiy 
iqtisodining 
asoschisi. 
K.Marks so‗zi bilan aytganda, U.Petti-
«Siyosiy iqtisodning otasi... buyuk tadqiqot-
chi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuk-
sak bilimli inson bo‗lgan. U Angliyaning 
janubidagi Romsi shahrida hunarmand-
matochi oilasida tug‗ildi. O‗n to‗rt yoshida 
ota kasbini egallashdan voz kechgan U.Petti 
uydan chiqib ketadi va kemada yollanma 
dengizchi (yunga) bo‗lib xizmat qiladi. 
Oradan bir yil o‗tgach, taqdir taqozosi bilan oyog‗i lat yegan U.Petti 
Fransiya hududidagi bir qirg‗oqda qoldirib ketiladi. Bu notanish 
o‗lkalarda lotin tilini bilganligi tufayli u Kan kollejiga qabul qilindi va 
tinglovchi sifatida moddiy jihatdan ta‘minlandi. Kollej unga fransuz va 
grek tillarini, matematika, astronomiyani o‗rganishga imkoniyat yaratib 
berdi. U.Petti 1640-yili kollejni bitirib, Londonga qaytib keldi. 
Keyinchalik Oksford universitetida tibbiyot sohasida tahsil oldi.
1650-yili 27 yoshida U.Petti fizika bo‗yicha doktorlik darajasini 
oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo‗lib ishladi. U.Petti 
iqtisodiy muammolarga bag‗ishlangan «Soliqlar va yig‗imlar to‗g‗risida 
traktat» (1662-y), «Donishmandlarga so‗z» (1665-y), «Irlandiyaning 
siyosiy anatomiyasi» (1672-y), «Siyosiy arifmetika» (1683-y) va boshqa 
asarlarni yozdi. U.Petti dastlab o‗z asarlarida merkantilistlarning ijobiy 
savdo balansi g‗oyasini va sanoatni rag‗batlantirish maqsadida 
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‗llab-quvvatladi. Ammo 
U.Petti asta-sekin tadqiqot obyektini o‗zgartirdi va asosiy e‘tiborni 
savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd 
qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u 
faqat taqsimlanadi.
Boylik va pul nazariyalari. Merkantilistlardan farqli ravishda
U.Petti fikri bo‗yicha nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul 
boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va 
hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo‗yicha o‗z 
fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat – boylikning 
otasi, yer esa uning onasi» degan iborani ishlatdi.

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling