O„zbekiston respublikasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Uilyam Petti (1623–1687)
91 Mamlakat boyligini ko‗paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o‗rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‗lashga «qurbi yetmagan o‗g‗rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda boylik, eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya‘ni xo‗jalik hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi. U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash bema‘ni narsa ekanligini ko‗rsatib o‗tadi. Davlatning bunday xatti- harakati uning fikri bo‗yicha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o‗zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko‗rsatdi va muomala uchun zarur bo‗lgan pul miqdori to‗g‗risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki tushunganligi aniq ko‗rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi haqiqatdan ham «pul o‗z-o‗zidan boylik mazmunini anglatmasligini» ko‗rsatdi, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan keyingi boshqa klassik iqtisodiy nazariya mualliflari M.Blaug so‗zi bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e‘tiborni pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasiga qaratgan holda tovar va pul bozorlari o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funksiyasini inkor etdi. Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to‗g‗ri tanqidlari bilan birga U.Pettining bu borada noto‗g‗ri tushunchalari ham bo‗lgan. Masalan, u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma‘qulladi. U.Petti savdogarlarni davlatning «qonini» taqsimlash bilan shug‗ullanuvchi «o‗yinchilar»ga o‗xshatadi. U «qon» deganda qishloq xo‗jaligi va sanoat mahsulotlarini nazarda tutadi. Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling