O„zbekiston respublikasi
Turli mamlakatlarda merkantilizm ta‟limotining
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
4.3. Turli mamlakatlarda merkantilizm ta‟limotining
o„ziga xos xususiyatlari Har bir davlatda merkantilizm o‗ziga xos usulda namoyon bo‗ldi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi mamlakatdagi siyosiy vaziyat, turli xalqlarning milliy-psixologik xususiyatlari uning o‗ziga xos tomonlarini keltirib chiqardi. Merkantilizm Ispaniya, Italiya, Angliya va Fransiyada ancha keng tarzda rivojlandi. Masalan, Ispaniyada boylik qimmatbaho metall pul bilan bir narsa, deb qaralgan. Shu bois, Ispaniyada XVII asrning boshigacha mamlakatdan oltin va kumushni olib chiqish (o‗lim jazosi tahlikasi ostida) taqiqlangan. Ispan bimetall monetar nazariyasining yetuk himoyachisi Marian XVII asrning 20-yillarida qimmatbaho toshlardan iborat xorijiy monetalarga ayirboshlanadigan tovarlarni chetga chiqarishdan boshqa barcha har qanday tashqi savdoni man etish talabini ilgari surdi. Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqtisodiy rivojlanishdan ancha orqada qolib ketdi. Merkantilizm iqtisodiy ta‘limot va davlat siyosati sifatida Fransiyada ancha rivoj topdi. Fransiyada merkantilizm vakillaridan biri, 79 mashhur «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) asarining muallifi Antuan Monkreten (1576–1621) hisoblanadi. U davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini jamg‗armani ko‗paytirishning, mamlakat xo‗jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida baholadi. A.Monkreten pul boyligini ko‗paytirish yo‗llarini qidirdi, o‗z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish, hunarmandchilik maktablari tashkil etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o‗z mamlakati savdogarlariga tashqi savdoda monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarni mamlakat boyligini so‗rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi Fransiya tashqi savdosini kengaytirishni ko‗zda tutadi, u nisbatan monetarizm g‗oyasini, shuningdek, savdo balansi konsepsiyasini aks ettiradi. Fransiyadagi amaliy merkantilizmning eng yorqin vakili Jan Batist Kolber (1619–1683-y.) hisoblanadi. U fransuz qiroli Lyudovik XIV saroyida moliya superintendanti (vaziri) vazifasida ishlagan va faol proteksionistik siyosatni olib borgan. Keyinchalik J.B.Kolber olib borgan iqtisodiy siyosat va fransuz merkantilizmi kolbertizm, deb atala boshladi. J.B.Kolberning asosiy g‗oyalari va ularning hayotga tatbiq etilishi quyidagicha tavsiflanadi: 1) Fransiya tashqi savdosini faollashtirishga har tomonlama ta‘sir ko‗rsatdi; 2) tashqi bozorga tovar ishlab chiqarishni hisobga olgan holda manufaktura sanoatini rivojlantirishga imkoniyat yaratib berdi; 3) proteksionistik tariflardan keng foydalangach, Fransiya bojxona siyosatini tartibga solish bilan faol shug‗ullandi; 4) manufaktura sanoati rivojlanishiga alohida e‘tibor bergan holda qishloq xo‗jaligining ancha orqada qolib ketishini keltirib chiqardi, ayniqsa, mamlakatdan don olib chiqishni noto‗g‗ri man etishi va mamlakatga erkin don olib kirishga ruxsat berishi dehqonchilikning qashshoqlashuviga olib keldi. Angliya merkantilizmining ancha yirik vakili Uilyam Staffordning (1154–1612-y.) hayot faoliyati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar juda kam. Uning faqat boy savdogar oilasidan kelib chiqqanligi va ―Bizning vatandoshlarning ba‘zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni‖ asarini 80 yozganligi ma‘lum. Unda U.Stafford merkantilizm uchun xarakterli bo‗lgan quyidagi g‗oyalarni ilgari surgan: 1) muomalada buzilgan pullar emas, balki to‗la qimmatli pullar bo‗lishi kerak, chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida yaroqli hisoblanadi; 2) chetga xomashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib kelmasin); 3) katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari) iste‘mol qilishni man etishni talab qilib chiqdi; 4) Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo‗lgan tovarlarni mamlakatga olib kirishni to‗liq man etishni tavsiya etdi. T.Man 1630-yilda «Angliyaning tashqi savdodagi boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi. Unda muallif pul muomalasini qat‘iy tartibga solish zararli ekanligini, pul foyda keltirishi uchun doimo harakatda bo‗lishini, pulning chetga erkin chiqarilishi kerakligini, busiz tashqi savdoni risolidagidek rivojlantirib bo‗lmasligini qayd qilib o‗tadi. T.Man fikri bo‗yicha, boylikning manbayi faqat tashqi savdo hisoblanadi, bunday boylikka «har yili xorijliklardan xarid qilgan summadan ko‗ra, ularga ko‗proq sotish» yo‗li bilan erishiladi. U chetga faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka qarshi qattiq kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste‘mol qilishdan o‗zini tiyishni tavsiya etadi. Adam Smit o‗zining ―Millatlar boyligi...‖ asarining 4-kitobida merkantilistlar nazariyasi va siyosatini keskin rad etgan, unda A.Smit Tomas Manni merkantilistlar lideri sifatida keltirib o‗tgan. Angliyada keyingi yetuk merkantilizm Tomas Man (1571–1641) asarlarida ifoda etilgan. Manufaktura tizimining klassik vakili T.Man o‗z davrining yirik savdogari, Sharqiy Hindiston kompaniyasining direktori edi, bu kompaniya tanqidchi yozuvchilar tomonidan 2 jihati bo‗yicha tanqidga uchragan: 1) Angliya Hindistonga eksport o‗rniga import qilardi, 2) Angliya Import uchun Hindistonga qimmatbaho metallar yuboradi. T.Man shaxsiy biznes manfaatdan foyda ko‗ruvchi hukumat siyosati tarafdori, oddiy merkantilist edi. Uning birinchi kitobi ―Angliya va Sharqiy Hindiston o‗rtasidagi savdo haqida (ma‘ruza)‖ deb nomlanib, 1621 – yilda nashr etilgan. Bu kitob sharqiy Hindiston kompaniyasini Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling