O„zbekiston respublikasi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
Qudrat va Boylik 
Merkantilistlar dunyodagi umumiy boylik ozgarmas, deb qabul 
qilishgan. Shu farazga asoslangan holda sxolastiklar insonlar o‗rtasida 
savdo amalga oshirilganda ulardan birining daromad olishi boshqasiga 
albatta zarar keltiradi, deb ta‘kidlashgan. Merkantilistlar xuddi shu 
mantiqni xalqlar o‗rtasidagi savdoda ham qo‗llab, bir xalqning iqtisodiy 
qudrati va boyligining o‗sishi faqatgina boshqa davlat boyligi hisobiga 
amalga oshadi, degan xulosaga kelishgan. Shunday qilib, merkantilistlar 
xalqaro savdo millatning qudrati va boyligining ravnaq topishida muhim 


75 
vosita ekanini E‘tirof etib, ko‗proq xalqaro savdo balansiga e‘tibor 
qaratishgan. 
Ko‗pchilik merkantilistlar fikriga ko‗ra iqtisodiy faoliyatdan 
maqsad iste‘mol emas, balki ishlab chiqarishdir va bu keyinchalik 
klassik iqtisodchilar tomonidan ham qabul qilindi. Shuningdek, ularning 
fikricha, millat boyligi shaxsiy boyliklar 
yig‗indisi 
shaklida 
aniqlanmaydi. Ular bir vaqtning o‗zida ham ishlab chiqarishni, ham 
eksportni rag‗batlantirish hamda iste‘molni cheklash orqali millatning 
boyligini ko‗paytirish mumkin, deb hisobladilar. Shunday qilib, 
xalqning 
bo‗ligi 
ko‗pchilikning 
qashhoqligiga 
asoslanadi. 
Merkantilistlar ishlab chiqarishga katta ahamiyat bergan bo‗lsalar ham, 
ichki bozorga ko‗p mahsulot ishlab chiqarishni ma‘qullamaganlar. Ko‗p 
ishlab chiqarish bilan birga kam iste‘mol qilish eksportni oshirishga 
imkon beradi, bu esa millat boyligining va qudratining oshishiga olib 
keladi, deb hisoblaganlar. Merkantilistlar xalqaro savdoda nisbiy 
ustunlikka erishish uchun ishchilarga kam ish haqi berilishi tarafdori 
bo‗lganlar. Ularning fikricha, yashash minimumidan yuqori maosh 
berish mehnat layoqatini kamaytirishi mumkin, yuqori ish haqi yil 
davomida kamroq soat ishlashga va yalpi ishlab chiqarishni 
kamaytirishga sabab bo‗lishi mumkin, deb hisoblanganlar.
13

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling