O„zbekiston respublikasi


 Dastlabki va keyingi merkantilizmning o„ziga xosligi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/183
Sana03.12.2023
Hajmi4.73 Mb.
#1801666
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   183
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI

 
4.2. Dastlabki va keyingi merkantilizmning o„ziga xosligi
 
Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin 
paydo bo‗ldi va XVI asrning o‗rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning 
asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar 
Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki 
merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul 
muomalasini, tashqi savdoni ma‘muriy yo‗l bilan qattiq tartibga solish 
asosida mamlakatning pul boyligini ko‗paytirishga qaratilgan (mamlakat 
puli qancha ko‗p bo‗lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki 
merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli, deb qaradi va 
uni chetdan olib kelish yo‗lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi 
savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq
deb hisobladilar: 
13
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 62-b. 


76 
– eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‗rnatishni; 
– tovarlar importini har tomonlama cheklashni; 
– mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‗l 
qo‗ymaslikni. 
Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni 
ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko‗proq tovar sotib 
olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning 
qiymmatini pasaytirish bilan shug‗ullangan. Keyinchalik tovar-pul 
munosabatlarining 
rivojlanishi, 
tashqi 
savdoning 
kengayishi 
merkantalistlarning 
boylik 
muammosiga 
bo‗lgan 
qarashini 
o‗zgartirishga majbur etdi.
Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning 
ikkinchi yarmigacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi (uning asosiy 
vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy 
sanoat va savdoni rivojlantirishning davlat tomonidan rag‗batlantirilishi 
sababli mamlakatlar o‗rtasida savdo aloqalari keng va muntazam 
rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‗rniga 
keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. 
«Savdo balansi» nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng 
tarqala boshladi. Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni 
mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan 
tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning 
tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha 
ko‗proq pul mablag‗larini jamg‗arish emas, balki aktiv savdo balansiga 
erishishdir (eksportning importdan ustun bo‗lishi). Eksport va import 
o‗rtasidagi farq (ijobiy saldo) – mamlakat boyligining o‗sishidir. Demak, 
real boylik bu– «o‗lik pullar» yig‗indisi emas, balki yangi pullarni, ya‘ni 
pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir. 
Merkantilistlar fikriga ko‗ra savdoning muqobil balansiga erishish 
uchun davlat eksportni rag‗batlantirib, importni tariflar, kvotalar, 
subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki 
iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‗batlantirilishi va xorijiy 
savdo orqali boshqarilishi lozim. 
Xorijdan manufaktura tovarlarining keltirilishi arzon xomashyolar 
importini, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya 
majburiyatlari hisoblangan. 
Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiat o‗rtasidagi 
nomutanosibliklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko‗pgina 
merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste‘mol yoki ishlab chiqarishda 


77 
emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida, deb fikr yuritishgan. 
Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarilishi savdo balansini o‗rnatadi, 
degan fikrni o‗rtaga tashlaydi. Ularning qarashlariga ko‗ra mamlakatlar 
bilan savdoning umumiy balansi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya‘ni 
Angliya va Hindiston savdo balansi bir-biriga mos kelmasligi mumkin, 
biroq Hindistonda import qilingan arzon xomashyolardan Angliyada 
eksport qilinadigan tovarlar manufakturasi uchun foydalanilishi 
mumkin. Shunday masalalardan biri qimmatbaho metallar yoki eksport 
bilan bog‗liq – ilk Merkantilistlar yombilar eksporti qat‘iyan taqiqlanishi 
kerakligini tavsiya qilishgan. Keyinchalik yozuvchilar agar yombi 
eksport tovarlari uchun xomashyo sotib olish maqsadida ishlatilsa, u 
savdo balansi uchun o‗rinli bo‗lishi mumkin, degan farazni taklif 
etishgan. 
Shulardan kelib chiqqan holda keyingi merkantilizm vakillari aktiv 
savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar: 
– tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‗li bilan egallash 
hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish; 
– mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda 
tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari); 
– qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni 
chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini 
ko‗paytirish. 
Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi 
merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan, deb 
qaradilar. Ammo aynan ular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy 
nazariyasiga va monometallizm tizimiga o‗tishga sabab bo‗lgan. Agar 
dastlabki merkantilistlar pulning jamg‗arish funksiyasini asosiy deb 
bilgan bo‗lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar uning muomala 
funksiyasini asosiy, deb hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning 
ishonchiga ko‗ra pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari 
bog‗liqlikda, tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to‗g‗ri 
mutanosiblikda bo‗ladi. Ular pul taklifining ko‗payishi unga bo‗lgan 
talabni oshirgach, savdoni rag‗batlantiradi, deb bir tomonlama 
hisobladilar. 
Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa, Ispaniyaga yangi 
Dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar 
mohiyatiga e‘tibor qaratgan. Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni 
inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning o‗rni haqida tahliliy 
g‗oyalarini rivojlantira olishdi. Pul miqdori va narxlarning umumiy 


78 
bosqichi o‗rtasidagi aloqa 1569-yilda fransuz olimi Jiyn Bodin 
tomonidan taqdim etilgan. U 16-asr davomida G‗arbiy Yevropada 
narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, 
asosiy – yangi dunyo kashfiyoti bo‗lgan kumush va oltin miqdorining 
o‗sishi, deb hisoblangan. 1660-1776-yillar davomida bozor iqtisodi 
boshqaruvi haqidagi tahliliy fikrlar ko‗paydi. Merkantilistlar g‗oyalari-
ning (markaziy) asosiy xususiyati real omillardan ko‗ra pulga oid 
omillar iqtisodiy faoliyat va uning rivojining asosiy belgilari ekanini 
ta‘kidlashdi. Ularning ta‘kidlashlaricha, mablag‗ adekvatligi tashqi va 
ichki savdoning o‗sishida zaruriy omildir. Pul miqdorining o‗zgarishi 
real mahsulot ishlab chiqarishdagi o‗zgarishlarni boshqaradi. Adam Smit 
hamda klassik iqtisodchilar o‗rtasidagi munozarada aytilgan fikrlarga 
ko‗ra iqtisodiy faoliyat bosqichi va o‗sish sur‘ati real faktorlar: mehnat 
miqdori, tabiiy resurslar, kapital, tovar va tashkiliy struktura bilan 
chambarchas bog‗liq. 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling